N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Pedagogik eksperiment 
- Har qanday pedagogik tadq- 
iqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy 
farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlar- 
ning ayrim elementlari o'rtasidagi bog'liqlik va munosabat­
lari aniqlanadi, Pedagogik eksperiment ikki turga bo'linadi: 
qayd qiluvchi va shakllantiruvchi. Qayd qiluvchi eksperi­
ment orqali ta'lim yoki tarbiya jarayonidagi mavjud muammo- 
lar aniqlanadi. Shakllantiruvchi eksperimentda esa zaruriy 
ma'lumotlar o'quvchilarda shakllantiriladi. Pedagogik jara- 
yonni aniqroq o'rganish maqsadida eksperimentator o'zi tash­
kil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga arala- 
shadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muay­
yan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlab­
ki ma'lumotlarni, aniq sharoitlarni va o'qitish usullarini yoki 
tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, 
eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni tal­
ab etadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari 
hisoblanadi: eksperiment o'tkazish va natijalarni sharhlash. 
Rejalashtirish, eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, 
eksperiment natijasiga ta'sir etuvchi omillar va ular daraja- 
sining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, eksperi-
32


ment o'tkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodla- 
rini o'z ichiga oladi. Eksperimentni tashkil etish va o'tkazish 
belgilangan rejaga qat'iy amal qilgan holda olib borilish kerak. 
Sharhlash bosqichida ma'Iumotlar yig'iladi va qayta ishlana- 
di. Eksperiment o'tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berish 
uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak, ya'ni:
1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining aniq 
bo’lishi.
2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi,
3. Farqlarning statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga ol­
ish. Turli metodlarning o'zaro qo'shib olib borilishi pedagogik 
tadqiqotlarning samaradorligini va sifatini oshirishga im- 
kon beradi. Bunga matematik metodlarning hamda hisoblash- 
yechish qurilmalari yordamidagi eksperiment natijalari- 
ning pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, 
o'rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tan- 
lab olinadigan tofplam majmuining o'rtacha kvadratik chet- 
ga chikishi, o'rtacha olingan qiymat xatosi, belgilarni tuza- 
tish koeffetsentlari hisoblab chiqiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari 
amalda qo'llaniladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa 
uning natijalarini amalda qo'Hanilishidir. Mustaqil O'zbekiston 
sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to'planib bormoqda. Bi- 
roq, ularni amaliy ishga joriy etish yo'lida qiyinchiliklar ham 
borligi ko'zga tashlanmoqda.
Bu qiyinchiliklar o'quv-tarbiya jarayonini takomillashti­
rish haqidagi bilimlarning ortib borishi bilan ulardan foy- 
dalanishning faol imkoniyatlari o'rtasidagi nomuvofiqlikdan 
iboratdir. Shunday bo'lsa-da, bu ularni joriy etish yuzasidan 
maqsadga muvofiq ishlar olib borishni istisno etmaydi. Joriy 
etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qara­
tilgan faoliyat deb qaraladi, Shu sababli joriy qilinishi lozim 
bo'lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo'yiladi. Talablarning il­
miy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi peda­
goglar bilan o'quvchilarning mo'ljallangan kuch - g'ayrati me- 
zonini to'g'ri baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir
33


tadbirlar kompleksi bo'lib, u olingan xulosaiar haqida peda­
gogik jamoatchilikni xabardor qilishni, yangi o'quv va metodik 
qo'llanmalar yaratishni, metodik yo'l-yo'riq va metodik tavsi- 
yalar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
MTM hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisa­
lar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal 
va chuqur o'rganmoq lozim. MTM hujjatlarini tahlil qilish­
da ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTM hujjatlarini 
tahlil qilishda o'quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini 
uning iqtidorini hamda ilg'or pedagogik tajribalarning umum- 
lashtirilishi va joriy etilishini ko'rsatgan taqdirdagina to'liq 
qiymatga ega bo'ladi.
Shuningdek, bolalarning umumiy miqdorb uning o'sishi yo­
ki kamayishi sabablari tavsifi, rag'batlantirish va jazolash cho- 
ralari turlariga, MTMning moddiy bazasiga e'tibor beriladi.
Bolalar ijodini o'rganish metodi - bolalar ijodini hamda 
ularning turli-tuman ishlarini o'rganish va tahlil qilish peda­
gogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bo­
lalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik did- 
lari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib tura- 
di. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini 
chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va ta- 
komillashtirishning to'g'ri yo'llarini ko'rsatib berishga qaratil- 
gan.
Statistik malumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pe­
dagogik tadqiqot kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir 
maqsad bilan tizimli o'rganish, mustaqil O'zbekistonda fan 
madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa 
qo'shadi.
Maktabgacha ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mab- 
lag'larning doimiy o'sib borishi, darslik va o'quv qo'llanma- 
lari, ko'rgazmali qurollar, o'qituvchi kadrlar tayyorlash, mak­
tab qurilishi, xo'jalik shartnomalari va ulardan tusha yotgan 
mablag'lar 
statistika usuli
orqali aniqlanadi.
Anketalar metodi - bolalardan so'rash usuli bo'lib, u bolalar 
jamoasining bilimlari to'g'risidagi kerakli ma’lumotlarni olish
34


uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun ham­
da kasbga yo'llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlan- 
gan bo'lmog'i lozim. Anketada ko'zlangan maqsadga muvofiq 
savollar bo'lib, ularning javoblaridan pedagogik natijalar kelib 
chikisbi ko'zda tutiladi.
Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig'ib olish metodi an- 
keta metodi deb ataladi. Anketalar ishlab chiqarish murakkab 
ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar 
mazmuniga, berilgan savollar shakliga, to'ldirilgan anketalar 
soniga bog'liq bo'Iadi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarni 
EHM da qo'llab, matematik-statistik metodlari bilan ishlashga 
imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlarning yetarli darajada 
aniqlik bilan shunday tahlil qilinishi pedagogik jamoalarning 
real faoliyatidagi sababli bog'lanishlari va bog'liqliklarini aniq- 
lashga yordam beradi.
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - hozir­
gi zamon ishlab chiqarishi, fani va texnikasining talab hamda 
manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisob­
lash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va 
pedagogikada qoTlanilishini talab qiladi. Pedagogik kiberneti­
ka shakli bilim berish jarayonini o'qitish, bilim berish jarayo­
nini boshqarishning alohida formasi sifatida o'ziga xos xususi- 
yatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqa­
rish jarayonlarini avtomatlashtirish o'rtasida katta farq bor.
Pedagogik tadqiqotlarda kino, ovoz texnikasi, foto, televi- 
deniye singari texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Ular 
o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam bera­
di. Bolalar uchun qo'shimcha rag'batlantirish omillarini hosil 
qiladi. Bular o'qituvchilar mehnatini ma'lum maqsadda yengil- 
lashtiradi. Ko'rsatilgan vositalarning har biri bolalarning yo- 
shini hisobga olgan holda o'quv fani va pedagogik jarayonni 
mukammallashtiradi.
Sotsiologik tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi. 
Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo'lgan mu- 
nosabatlarni aniqlash, talabalar orasidagi do'stlik munosabat-
35


larini aniqlash, o'zi ta'lim-tarbiya olayotgan oliy o'quv yurtida- 
gi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar 
orasidagi munosabatlarni, dinga, xususan, tasavvufga bo'lgan 
qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma'naviy sifatlari daraja­
sini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar bilan ta'minlanganlik 
darajasi, ilmiy va kasbiy mahoratni oshirishdagi mashg'ulotlar 
turi, stipendiyalar miqdori, ota-onalarning moddiy yordami, 
ularning ma'lumoti, ish joyi, talabalarning yashash joyi, il­
miy dunyoqarashining shakllantirishida ta’sir etuvchi omillar, 
ularning onglilik darajasi jarayoni, ma’naviy sifatlar, komillik- 
ka erishish uchun tezroq qutulish kerak bo'lgan salbiy sifatlar- 
ni aniqlashdir.
Milliy dasturning maqsadi, vazifalari va uni ro'yobga 
chiqarish bosqichlarida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda 
ta'limni talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyor­
lash tizimining amalda faoliyat ko'rsatishi va barqaror rivoj- 
lanishining kafolatlari ustuvorligini ta'minlovchi normativ, 
moddiy texnika va axborot bazasini yaratish kabi masalalar 
pedagogik tadqiqoti asosini tashkil etadi,

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin