Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi,
uning chinakam
fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanli-
gi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omili-
dir. “Ta'lim-tarbiya'' - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong da
rajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir.
Binobarin,
ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib
bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz
ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib
bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashti-
rish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish
huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij
davlatlarining tajri-
basi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning
bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan
tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar -
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojian
tirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga
yetkazildi. 9 yillik umumta'lim maktab bosqichini va 3
yillik
o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim bosqichini o'z ichiga olgan uz
luksiz yaxlit ta'lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta'lim tizimiga
o'tish yakunlanmoqda.
51
2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida
amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida ga-
pirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish
o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yana
da oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.
O'rni
kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda dav
lat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat
ta'lim-tarbiya va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga
yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi
da katta kuch va mablag' hisobidan ta’lim sohasida barpo etil-
gan moddiy-texnik bazadan oqilona
va samarali foydalanish
masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi
kerak, deb o'ylayman".
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi
yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu-
nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun-
gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu-
tuqlar
nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari-
ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za-
min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad-
birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qa
bul qilingan "Ta'lim to‘g'risida"gi qonun “Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi”ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali
bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta'limning yan
gi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim soha-
sini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa-
rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra-
tik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy
tizimini yaratish edi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya
modelini amaliyotga tatbiq etish o'quv jarayonini texnologi-
yalash bilan uzviy bog'liqdir.
52