2-BO'LIM. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM
TIZIMINING USTUVOR NEGIZLARI
II BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM
TIZIMIDA YANGICHA YONDASHUV
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining maqsad va vazifalari
O'zbekiston
Respublikasining
birinchi
prezidenti
IAKarimovning “Yuksak ma'naviy at - yengilmas kuch" asa
rida haqli ravishda ta'kidlanganidek, "Agarki dunyo imoratlari
ichida eng ulug'i maktab bo'lsa, kasblarning ichida eng sharafli-
si o'qituvchilik va murabbiylikdir, desak o'ylaymanki, ayni ha-
qiqatni aytgan bo'lamiz"1.
Chindanda o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat
yorug' va farovon kunlarini uning egalari bo'lmish yosh avlod
istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e’tibor qa-
ratadi. .
Istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan av-
valo, ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tar-
biyasiga mas’ul bo'lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo'lgan
munosabat o'zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o'z navbatida o'ta
mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor
davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayot-
gan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun ja-
honda ham katta e'tibor bilan e’tirof etilmoqda.Bugun yangicha
qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng
so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar
orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p
jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -Т .: M a’naviyat, 2008.
50
Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam
fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanli-
gi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omili-
dir. “Ta'lim-tarbiya'' - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong da
rajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin,
ta'lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib
bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz
ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib
bo'lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashti-
rish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish
huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajri-
basi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning
bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan
tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar -
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojian
tirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga
yetkazildi. 9 yillik umumta'lim maktab bosqichini va 3 yillik
o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim bosqichini o'z ichiga olgan uz
luksiz yaxlit ta'lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta'lim tizimiga
o'tish yakunlanmoqda.
51
2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida
amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida ga-
pirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish
o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yana
da oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.
O'rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda dav
lat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat
ta'lim-tarbiya va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga
yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi
da katta kuch va mablag' hisobidan ta’lim sohasida barpo etil-
gan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish
masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi
kerak, deb o'ylayman".
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi
yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu-
nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun-
gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu-
tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari-
ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za-
min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad-
birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qa
bul qilingan "Ta'lim to‘g'risida"gi qonun “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi”ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali
bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta'limning yan
gi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim soha-
sini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa-
rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra-
tik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy
tizimini yaratish edi.
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya
modelini amaliyotga tatbiq etish o'quv jarayonini texnologi-
yalash bilan uzviy bog'liqdir.
52
|