VI.
Qayta shakllantirish
- ta'lim texnologiyasini o'qitish-
ning ustuvorligi texnologiyasini didaktika va metodika po-
zitsiyasi tamoyilidan ko'rib chiqish lozim,
O'qitishning metodik jihatdan ko'rib chiqilganda, maktab
gacha yoshdagi bolaning nutqiy rivojlanish metodikasi (F.R.
Qodirova) muhim o'rin egallaydi.
Ta'lim psixologiyasining didaktik modeli sifatida:
- Didaktik tamoyillar;
- Ta'lim vositalari;
- Ta'lim bosqichlari;
- O'zaro munosabatlar turlari.
1. Didaktik tamoyillar:
- Faollik tamoyili bolaning xususiyatlarini hisobga olgan
holda anglash faoliyati subyektiga tayanadi.
65
- Ko'rgazmalilik tamoyili - bolalar tomonidan o'rab turgan
olamni qabul qilish xususiyatlariga asoslanadi.
- Oson erishuvchanlik tamoyili - bolalarning anglash faoli
yatini rivojlantirishning muvofiqligi hisobi bilan bog'liq.
- Yetkazish tamoyili - o'qitish jarayonida bolalarning aloxi-
da (yakka tartibdagi) xususiyatlarini hisobga oladi.
- Tizimlilik tamoyili - bolaning atrof-olamni anglash orqali
muloqotga kirishishi darajasini hisobga olish bilan bog'liq.
2. TaTim vositalari - o'qitish yo'llari: nutqli faoliyatli, qo'l-
lanmali, psixik.
3. Ta'lim bosqichlari: tanishish, differensiatsiya, integratsi-
ya.
4. O'zaro munosabat turlari: 4 turdan tashkil topadi.
1 - tur - hissiy-shaxsiy munosabatlar tajribasi. Vazifa - his-
siy-shaxsiy munosabatlar bo'yicha almashuvi va keyingi ham-
korlikdagi faoliyat uchun motiv (xohish-istak], hissiy kayfiyat-
ni yuzaga keltirish.
2 - tur - ijodiy faoliyat tajribasining ustuvorligi. Bu turdan
maqsad o'zaro munosabatlar o'qitishning anglash aspektini
ta'lim maqsadini ishlab chiqadi va bolaning alohida xususiyat
larini ochishga yo'naltiriladi.
3 - tur - o'quv vazifasini hal etishning mavjud imkoniyat-
larini mustahkamlash uchun faoliyat turlarini egallashi tajri-
ba almashishi. Ushbu o'zaro ta'sir etuvchi tur o'qitishning psi
xologik aspektiga asoslanadi, rivojlantiruvchi maqsadni tatbiq
etadi, bola shaxsining rivojlanishiga omil boTadi.
4 - tur - akmeologik sohasini tatbiq etish. Bunda pedagog
mazmunan turli vaziyatlar yaratadi va bu vaziyatlar bolaga
egallagan faoliyat turlarini qo'llash va notanish sharoitda ham
harakatlanish imkoniyatini beradi. Ushbu o'zaro ta'sir etuv
chi turning vazifasi - bu bola tomonidan mazmun va munosa-
batlarni o'rganish jarayonida tizimli bilimlarni egallash, bola
shaxsining mazmuniy sohasida "Dunyo tasavvuri"ning shakl-
lanishidir.
66
O'zaro ta'sirning bu turida pedagog nafaqat bolaning ham
korlikdagi faoliyatining xarakteri va turlarini, balki bola
lar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni ham aniqlaydi. Bu esa shaxsga
yo'naltirilgan ta'lim metodida asosiysi hisoblanadi.
Biz yuqorida katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasi-
ning didaktika modelini ko'rib chiqdik, bular o'qitishning na-
zariy negizi hisoblanadi.
Katta shakllantiruvchi ta'lim texnologiyasining uslubiy
modeli ta'lim jarayonining yaxlit subyekti sifatida pedagog va
bolalar o'rtasidagi munosabatlar va mazmun-mohiyatni shakl-
lantirishni boshqarishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim.
Uslubiy modelning asosiy komplekslari bo'lib quyidagilar:
- Uslubiy tamoyillar;
- Ta'lim vositalari;
- Ta'lim bosqichlari;
- Ta'limning usul va uslublari hisoblanadi.
Uslubiy tamoyillar:
- o'qitish maqsadlarining o'zaro qaramlik va bog'liqlik ta-
moyili;
- qayta shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi
ta'lim tamoyili;
67
- ta'limning syujetli vaziyatli bog'liqlik tamoyili.
Ta'lim jarayonida uslubiy tamoyillarni tatbiq etishda quyida
gi ta'lim maqsadlari muhim hisoblanadi.
Ta'limiy maqsad - bola ta'lim jarayonida o'zining aqliy
ehtiyojlarini qondirib, uni o'rab turgan haqiqatni anglab bora
di. Aqliy ehtiyojlarining mazmuni maktabgacha davrning turli
yosh bosqichlarida o'zgarib, takomillashib boradi. Aqliy ehti
yojlarini qondira borib, bola hayotiy vaziyatlardagi muloqot ja
rayonida va turii faoliyatlarda til vositalarini qoTlash malaka-
larini egallaydi. Bu jarayon barcha mashg'ulot turlarida amal
ga oshiriladi. Mos keluvchi (adekvat) ifoda etish vositalarini
izlash bolada aqliy faollikni, qiziquvchanlikni, tashabbuskor-
likni kuchaytiradi, aqliy qiziqishlarini rivojlantiradi.
Ta'limning tarbiyaviy maqsadi - bola ehtiyojlarini tarbi
yalash, pedagogik nuqtayi - nazarni tatbiq etish (kattalar to
monidan boshqarilayotgan jamoaviy faoliyatga bola tomoni
dan o'zining shaxsiy kechinmalari orqali “axloqiy bosqichlar”ni
bosib o'tish yo'li}.
Tarbiyaviy maqsadning mazmuni shundaki, bolaga axlo
qiy qadriyatlar tizimi, dunyoga hissiy-baholovchi munosabat
shakllanadi. Ta'limning tarbiyaviy, ta'limiy, rivojlantiruvchi,
amaliy maqsadlari o'qitishning munosib vosita, usul va uslub-
larni tanlash sharti bilan tatbiq etiluvchi va uslubiy tamoyillar
ni belgilochi asosiy faktor bo'lib xizmat qiladi.
Har bir xususiy uslub o'zining mashqlar tizimini yaratib, shu
tariqa uslubiy tamoyillar va turli vosita va uslublar asosida qu-
rilgan o'qitishning uslubiy modeli katta shakllantiruvchi ta'lim
texnologiyasini tashkil etish uchun hisoblanadi.
Didaktik va uslubiy modellar birgalikda maktabgacha
ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etishning
yo'naltiruvchi asosi boTib xizmat qiladi. Shuningdek, Maktab
gacha ta'lim Konsepsiyasi-bolani maktab ta'limiga tayyorgar
lik ko'rsatkichlarini:
- Jismoniy tayyorgalik (bola rivojlanishining fiziologik dara
jasi);
68
- Psixologik tayyorgarlik (bola shaxsi tarkibining hissiy,
mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);
- Ijtimoiy tayyorgarlik (bolaning mazmuniy jihatdan ijti
moiy rivojlanish darajasi).
Maktabgacha ta’limda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni
amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rsatkichlarni belgilashda 3
ta soha inobatga olinadi: bolalar-shaxs, faoliyat va refleksiv.
Shaxs sifatida tayyorgarlik - bu pedagogik tafakkur (gnos-
tik, ya'ni aqliy qobiliyatlar-ilmiy ma'lumotlarni farqlash mala-
kalari, amaliy faoliyatga ilmiy bilimlarni to'g'ri qo'Ilash, peda
gogik vazifalarni malakali hal etish” pedagogik maqsadni belgi-
lash (tashkilotchilik qobiliyatlari-o'qitish va takrorlash uchun
optimal sharoit yaratish malakalari, mashg'ulotning kerakli
shakllarini tanlash, vaqtni to'g'ri taqsimlash, o'quv jarayonini
kerakli inventar jihozlari bilan ta'minlash; o'z mehnatini tash
kil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazish (er-
taliklar, adabiy kechalar va boshqalar).
- Pedagogik yo'naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar:
ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop
shaklda ma’lumotni taqdim etish qobiliyati, birovni ishontira
olish qobiliyati, “pedagog-pedagog", “pedagog-ota-ona”, "pe-
dagog-menejer”, “pedagog-bola” darajalarida kasbiy muloqot-
ni savodli tizimi, bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikrokli-
matni yaratish va boshqalar).
- Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat
xotiraviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublari-
ni olib tashlab, yangi ajoyiblarini izlash, ushbu va o'z-o'zidan
ma'lum narsadan yuqorilarini ko'ra bilish, g'oyaviy hosildor-
lik, bolaning individual rivojlanishi o'quv jarayonini, innovat
sion o'quv rejasini, dasturni, o'z faoliyatini loyihalashtirish va
boshqalar).
- Refleksiv tayyorgarlik-pedagogik refleksiya (refleksiv qo
biliyatlar sezgirlikning 3 tizimni o'z ichiga oladi: obyektiv his
etish, real haqiqiy bolalarda qanday aks-sado berayotgani-
ga, bolalarning qiziqish va ehtiyojlari qay darajada namoyon
69
bo'lishiga, ularning pedagogik tizim talablariga mos kelishiga,
pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli
pedagogik ta'sir ko'rsatish vositalari ta’sirida bola shaxsiga va
faoliyatida sodir bo'layotgan o'zgarishlar, daxldorlik va javob-
garlik hissi va sezgirligi bilan ta'riflanadi.
- Demak, yuqorida belgilab berilgan tayyorgarlik jarayon-
lari ta'lim jarayonlarini yaxlit subyektining rivojlanishini
amalga oshirilishidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta'lim Konsepsiyasi - tashkiliy uslubiy jihat
dan quyidagi:
- Maktabgacha ta’limni tashkil etish va boshqarish tizimini
isloh qilish;
- Pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta
tayyorlash tizimini zamonaviy tashkil etish;
- Respublika bo'yicha maktabgacha ta'limni dasturiy-uslu-
biy ta'minlash;
- Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash
samaradorligiga erishish vazifalarini o'z oldiga qo'yadi.
Maktabgacha ta’lim tizimining qayta tashkil etilishi - bu,
avvalambor, maktabgacha ta'lim muassasasiga ko'proq mos
keluvchi tartibni yaratishdir. Ya'ni, maktabgacha ta’lim muas
sasasi bola ta'lim-tarbiyasida davlatning asosiy talablarini
qondira oladigan tashkilot sifatida qabul qilinishi kerak.
Bu bo'limda maktabgacha ta’lim muassasalarini bolalar bi
lan rejali to'ldirish ishlari nazarda tutilgan bo'lib, turli yosh gu-
ruhlarida 10-12 ta bola ilk yosh guruhida 6-8 ta bola, 3-dan 5
yoshgacha bo'lgan guruhlarda 8-10 ta bola, 5dan 6 yoshgacha
10-12 ta bola bilan to'ldirilishi, belgilangan me'yordan oshib
ketmaslik talab etiladi.
1. Bolalarning yoshi, psixologik rivojlanish xususiyatlarni
inobatga olib;
2. Ijtimoiy, shaxsiy va demografik (jinsi yosh) ni hisobga olib.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bolaning o'sishi va
sog'lig'ida ayrim kamchiliklari (maktabgacha ta'lim muassasa
siga qiyinchilik bilan moslashadigan, nevrozga moyil, sog'lig'i
70
susaygan bo'Igani uchun ota-onalar bilan kelishilgan holda
(ko'proq haq to'lash evaziga) kam qamrovli guruhlar tashkil
etish maqsadga muvofiqdir.
Guruhlarni jihozlash maqsadida joylarini almashtirish im-
konini beruvchi polifunksional transformal mebeliardan foy
dalanish kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolani to'Iaqonli tarbi-
yalash maqsadida:
- rivojlantiruvchi predmetli muhitni yaratish bosh vazifa
qilib qo'yilgan. Bolani rivojlantiruvchi predmetli muhit - bu bo
la faoliyati uning shaxsini to'Iaqonli rivojlanishini ta'minlovchi
sharoitlar tizimidir.
U bolalarning rivojlanishi uchun kerak bo'lgan bazaviy
tarkibiy qismlarni o'z ichiga qamrab oladi. Uning tarkibiy
qismlari: tabiiy muhit va obyektlar;
- madaniy landshaftlar (ko'rinishlar)
- jismoniy - o'yin va sog'lomlashtiruvchi qurilmalar;
- Predmetli o'yin muhiti;
- Bolalar kutubxonasi;
- Igroteka;
-Videoteka;
- Dizayn studiya va muzey;
- Musiqiy-teatral muhit;
- Mashg'ulotlarning predmetli-rivojlantiruvchi muhiti;
- Kompyuter o'yin majmuasi;
Rivojlantiruvchi muhitga quyidagi talablar kiradi:
Uning rivojlantiruvchi xarakteri;
Jihozlangan predmetli muhit;
Yangi informatsion texnologiyalarni qo'llash. (intellektual
va operatsional).
Maktabgacha ta'lim tizimida:
- psixologik xizmatni; (psixoprofilaktik psixologik ilgarila-
ma korreksion faoliyat)
- ijtimoiy pedagogik xizmat - ijtimoiy pedagogik qo'llab-
quvvatlash, bola huquq va qiziqishlarini himoya qilish, bo-
71
la tarbiyasida oila yordam ko'rsatish, sog'lom turmush tarzi-
ni tarkib toptirish, mahalliy boshqaruv idoralari, manfaatdor
tashkilotlar, muassasalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik
o'rnatish belgilanadi.
O'zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabga
cha ta'limni rivojlantirishning asosiy maqsadi:
- maktabgacha ta'limning nufuzini oshirish, uning ta'lim so
hasida jamiyat uchun ustuvorligini mustahkamlovchi maqomi-
ni mustahkamlash;
- bosh talabgor va iste'molchi - ota-onalarga mo'ljallangan
turli turdagi, tildagi va profildagi maktabgacha ta’lim muassa
salarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar
muhim hisoblanadi:
- maktabgacha ta'lim muassasalarining Davlat tizimini
saqlab qolish (byudjet va tashkilotlarga qarashli)
- maktabgacha ta’limning standartini aniqlash;
- maktabgacha ta'limning yangi mazmun va texnologiyala-
riga o'tish;
- maktabgacha ta'limning tashkiliy-tarkibini variativlik ta
moyillari, ochiqligi, barcha uchun qulayligi, oila bilan hamkor
ligi, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan
o'zaro munosabatlarga muvofiqlashtirilgan holda o'zgartirish;
- jamoatchilikka nisbatan birinchi navbatda maktabgacha
ta'lim muassasalarining rivojlanishidan ketayotgan o'zgarish,
shart-sharoitlari va talablarga o'z vaqtida va mos keladigan ja
vob topish;
- maktabgacha ta'lim muassasalari uchun maktabgacha
ta’lim tarkibi harakatliligida (o'zgaruvchanligida) topqirlik bi
lan mo'ljal olishga imkon beruvchi kadrlarni ilmiy-metodik to-
mondan tayyorlanishni takomillashtirishdan iborat.
- maktabgacha ta'limni yangilashda bosh pozitsiya:
Pedagogik faoliyatning o'zaro hurmatga yo'naltirilganligi,
differensial va individuallik, demokratizatsiya, bolalar uchun
bir xilda ta'lim berish imkoniyatini yaratish dinalizm va varia
tivlik egallaydi.
72
Yuqorida ko'rsatib berilgan vazifalarni joriy etishda quyida
gi tamoyillar inobatga olinishi lozim:
- Bola shaxsini rivojlantirishga intilayotgan pedagogik faoli
yatning o'zaro hurmatga yo'naltirilganligi uning qobiliyati, iqti-
dori, qiziqishlari bolalar faoliyatining turli shakllarida maksi-
mal olib borish;
- Shaxsning shakllanishida maktabgacha yoshining ahami
yati haqida zamonaviy ilmiy bilimlarini qo'llash;
- Intellektual rivojlantiruvchi, predmetni fazoviy muhitni
yaratish;
- Shaxsning manfaatlariga yo'naltirilgan ta'lim ustuvorligi-
ni tan olish;
- Har bir bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun tenglik
huquqini tan olish;
- Maktabgacha ta'limning barcha uchun (tengligi) barobar-
ligi;
- Bolalar sog'lig'i va hayotini muhofaza qilish uning jismoniy
va psixik rivojlanishi; sog'lom turmush tarzini shakllanishida
maktabgacha ta'lim muassasasining ahamiyati;
- Bolaning ijtimoyillashuvi jamoada yashashga, ta'limning
keyingi bosqichiga sekin astalik bilan o'tishda maktabgacha
ta'lim muassasasi faoliyat mazmunining yo'naltirilganligi;
- Ta'lim-tarbiya ishlarining shakl va yagona umuminsoniy
va milliy qadriyatlarning mazmuni;
- Tarbiyaviy, ta'limiy va rivojlantiruvchi vazifalarining birli-
gi;
- Bolalarni o'qitish va rivojlantirishda maktabgacha ta'lim
muassasasi va oilaning alohida xususiyatlarini hamkorlikda
tatbiq etish jarayoniga ota-onalarni jalb etish;
- Maktabgacha ta'limning asosiy talabgori va iste'molchisi
bo'lgan oilaning ehtiyojlariga qarab turli ko'rinishda, tilda,
profilda, variantiv bo'lishni ta'minlash;
- Maktabgacha va boshlang'ich ta'limning uzviyligi, ja-
moatchilik va oilaviy ta’limning o'zaro hamkorligi;
- Hududiy xususiyatlarni hisobga olish;
73
- Maktabgacha ta'lim tizimida ro'y beradigan o'zgarishlarga
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga o'z vaqtida e'tibor
qaratish.
Maktabgacha ta'limni isloh qilish boshqaruv tizimida qu
yidagi o'zgarishlarni talab etadi:
- Respublika, viloyat, shahar, tuman, qishloqda amaliy ish
vaziyatining hududiy va joylardagi xususiyatlaridan kelib
chiqib maktabgacha ta'lim muassasasining to'g'ri egiluvchan,
boshqaruv shakllarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi ishini qayta ko'rish o'z
ichiga ishni tashkil etishda va mazmunida o'zgarishlar, shu
ningdek yuqori tashkilot bilan o'zaro munosabatlarda ham
o'zgarishlarni ham qamrab oladi;
- Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish mudira to
monidan doimiy faoliyat yuritadigan pedagogik xodimlar o'z-
o'zini boshqaruv jamoaviy organi hisoblangan pedagogik ken-
gashda amalga oshiriladi;
- Maktabgacha ta'limni isloh qilish pedagogik xodimlar-
ni tayyorlash va qayta tayyorlashda o'zgarishlarni talab eta
di. Maktabgacha ta'lim muassasalarida faqat maxsus peda
gogik ma'lumotli va kerakli qayta tayyorlovdan o'tgan xodim
lar faoliyat yuritishi shart:
II.
pedagogik kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va
qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini tashkil etish.
Maktabgacha taTim tarbiyachisi faoliyati, uning kasbiy tay-
yorgalikni differensiallashni tatbiq etish alohida o'rin egallay
di. Bu borada pedagogik kengash va oliy o'quv yurtlarining
oldiga mutaxassis kadrlarni sifatli tayyorlash vazifasi yukla-
tiladi.
Konsepsiyada - ta'lim muassasasida kirish jarayonida ularni
kasbiy yaroqligini aniqlash jarayonini tashkil etish kasbiy tay
yorgarlik sifatini oshirishdagi muhim vosita ekanligi uqtiriladi.
Maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlarni mukammal tay-
yorlashni turli-tumanligiga ularni malakasini oshirish va qay
ta tayyorlashni turliligini ochish imkoniyatini beradi.
74
Malaka oshirish kurslarini shunday tashkil qilish kerakki,
tinglovchilar nafaqat ta'lim jarayoniga zamonaviy va metodik
yondashish, balki o'zlarining qiziqishlari va mutaxassisliklari
bo'yicha bilimlarini olishi kerak.
O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim Konsep-
siyasi maktabgacha ta'limdagi muammolarni hal etish bilan
shug'ullanadigan barcha tashkilotlarni ularning bir-biri bilan
hamkorlik va muloqotni amalga oshirgan holda muvofiqlashti-
rishni ko'zda tutadi.
Respublika ilmiy metodika markazi - ilmiy uslubiy itimoiy,
psixologik-pedagogik, tibbiy gigiyena o'quv ko'rgazmali labo-
ratoriyalar, tajriba sinov maktabgacha ta'lim muassasalari ish
larini tashkil etadi va boshqaradi. Shuningdek, maktabgacha
ta'limni rivojlantirishga qaratilgan istiqbol dasturlarini tu-
zishda bevosita yetakchilik qiladi.
Bu ishlarda O'zbekistonning ta'lim sohasiga oid bo'lgan
hududiy muammolarni qamrab olgan tadqiqotlar bilan shug'ul-
lanish maqsadida ilmiy hujjatni joriy etish katta ahamiyat kasb
etadi.
Bu esa: turli turdagi maktabgacha ta'lim muassasalaridagi
ta'limiy-pedagogik jarayonni tashkil etishning shakl va maz
munini ishlab chiqish, o'zbekcha-ruscha ikki tillik muammosi,
bolalar rivojlanish darajasining psixologik, pedagogik va ijti
moiy diagnostikasi pedagoglarning kasbiy darajasi, oila, mak
tabgacha va boshlang'ich ta'lim hamkorligi, ta'limning shaxsga
yo'naltirilgan modelining ustuvor(bosh] tatbiq qilishning usul
va texnologiyalari va boshqa bir qancha dolzarb masalalari
ni hal etishni taqozo etadi. Respublika ilmiy-metodika marka-
zining yana bir asosiy vazifasi bu-uslubiy hujjatni joylarda na-
munaviy maqsadli tahlil etishdir.
Bunda ta'lim, fan va texnika yutuqlari, ilg'or ish tajribalari-
da unumli foydalangan holda o'quv-metodik qo'llanmalar ish
lab chiqishni ta'minlaydi; tajriba-sinov maydonida olib borila-
yotgan pedagogik texnologiyalarni sinovdan o'tkazish peda
gogik tajribani o'rganish, umumlashtirish va tarqatish, ped-
75
agogik jamoa va alohida pedagoglarning yangi fikrlari, mual-
liflik maktabgacha ta'lim muassasalarining bilimiga yordam
berish, tarbiyachilarning uslubiy birlashmalarini tashkil etish
nazarda tutiladi.
Psixologik-pedagogik maslahatni tashkil etish - ota-onalar
va bolalar bilan ishlashda ko'pchilikga duch kelayotgan peda-
goglar uchun, ularning kasbiy-shaxsiy qobiliyatlarini diagnos-
tikadan o'tkazadi; o'qitish uslubining psixik korreksiyalarini
amalga oshiradi, pedagogni attestatsiyadan o'tkazish bo'yicha
ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi, psixologlar uchun
qo'llanmalar tayyorlaydi, bolalarni tekshiruvdan o'tkazadi va
tezkor qabulni amalga oshiradi.
Bolalarni ilk qo'llab - quvvatlash va psixologik-jismoniy ri-
vojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish vasiylik bo'limi tib
biy, maktabgacha, maktab, maktabdan tashqari, psixologik, ij
timoiy va yuridik xizmat tashkilotlari bilan hamkorlik va koor-
dinatsiya ishlarini tashkil etish lozim.
Maktabgacha ta'limni rivojlantirish jahon andozalariga olib
chiqishni ta'minlash maqsadida markaz turli ijodiy ittifoqlar,
shuningdek, yaqin va uzoq, chet ellar bilan aloqalar o'rnatish
lozim.
Respublika bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasasini das-
turiy uslubiy jihatdan ta'minlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ko'p
jihatdan ta'limni maktabgacha yoshdagi bola psixikasi xususi
yatlariga javob beruvchi dasturlar, metodik tavsiyalar, ta'lim-
tarbiya berish qo'llanmalari bilan ta'minlanishga bog'liq.
Bu bo'limda ta'limda qo'llaniladigan bosh ta'lim qo'llanmasi
bola va kattalarning o'zaro munosabatlarining shaxsga
yo'naltirilganligini ta'minlovchi qo'llanmalar (alohida ish uc
hun daftar, albomlar, flamaster, qalam, bo'yoqlar va h.k) yara-
tilgan dasturiy-uslubiy majmua maktabgacha ta’lim standar-
tini, bolalar bilan ishlashda va ularni rivojlantirishdagi asosiy
yo'nalishlarini ta'minlashi lozim. Bu majmuada tarbiyachilar
va boshqa mutaxassislarning yangi avlodi uchun darslik va
qo'llanmalar yaratish nazarda tutiladi.
76
Shuningdek, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda o'yin faoliyatini
tashkil etish usullaridan rivojlantiruvchi predmetli o'yinning
nazariy va amaliy jihatlari ustida fikr yuritiladi.
Maktabgacha ta'limda pedagogik texnologiyalar.
Maktabgacha
ta'limda
pedagogik
texnologiyalarni
qo'llash ta'limiy maqsadlarni qat'iy talab etuvchi va bosqich-
li o'zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi
ma'lum ilmiy loyihalashni mo'ljallaydi.
Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogik texnoligiyalar na
faqat o'qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga,
uning shaxsiy sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy ri
vojlanishiga yo'naltirilgandir, Ta'limning insonparvarligi sha-
roitida pedagogik texnologiyalar pedagogdan bolani jiddiy qa
bul qilish munosabatlarida ko'riladi.
Pedagogik
jarayonlarda
pedagogik
texnologiyalar
qo'llanilganda bularning samaradorligi diagnostika qilinadi.
Bu esa bolaning ta'lim ta'siriga ochiq munosabatda bo'lishini
ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'limning samaradorligini boshqarishning al-
goritmning ya'ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo'yilgan o'quv
va tarbiyaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish
faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi,
Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki,
O'zbekiston Respublikasidagi Maktabgacha ta'lim tizimi oldiga
bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, Dav
lat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlanishni
ta'minlashdek ulkan mas'uliyat yuklanadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Konsepsiya-
sining maqsad va vazifalari quyidagi bosqichlarda ro'yobga
chiqariladi.
Birinchi bosqich - 2012-2014 yillar mavjud maktabgacha
ta'lim tizimining ijtimoiy tomonlarini saqlab qolish asosida
ushbu tizimni isloh qilish va rivojiantirish uchun huquqiy asos-
ni (vazni) yaratish.
77
Ushbu bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
- O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida"gi qonun va
Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturiga muvofiq maktabgacha
ta'lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yan-
gilash.
- Bola shaxsiga yo'naltirilgan model ustuvorligini ta'minlash.
- Pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini
oshirish va qayta tayyorlash ishini zamon talablariga muvofiq
darajada tashkil etish.
- O'quv uslubiy qo'llanma dasturlarining didaktik va ax
borot ta'minotining yangi avlodini ishlab chiqish.
Ikkinchi bosqich - 2015-2017-yillar.
- Maktabgacha ta'lim konsepsiyasini ta'lim jarayoniga be-
vosita qo'llash mavjud ijtimoiy-psixologik sharoitlar hisobini
olgan holda, unga yangiliklar kirita borish,
- Maktabgacha ta'lim muassasalarida tubdan o'zgartirilgan
o'qitish tizimini amaliyotga joriy etish.
- Ta'lim texnologiyalarining didaktik tamoyillarini qo'llash
asosida ta'lim jarayonini sifat jihatdan takomillashtirish.
Uchinchi bosqich - 2018-2020-yillar.
To'plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish
asosida(istiqbol) kelajak uchun yangi ilmiy g'oyalar loyihasi
(ustida) ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |