ni oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida"gi qaroriga aso
san Davlat talablari qabul qilindi2.
Davlat talablarn O'zbekiston Respublikasi hududida mulk-
chilik shakli va idoraviy tasarrufidan qat'iy nazar, quyidagi
ta’lim muassasalarida qo'llaniladi:
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
- maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo'lgan "Mehri-
bonlik” uylari.
- maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi
o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, makta
bgacha ta’lim turlari bo'yicha pedagogik kadrlar malakasini
oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshirish muassasalarida
xodim va rahbarlar Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining maqsadi - mamlakatda o'tkazilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg'or taj-
ribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion
kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktab
gacha ta'lim tizimida ma'nan mukammal va intellektual rivoj-
langan shaxsni tarbiyalashdir.
Davlat talablarining asosiy vazifalari:
- maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta'lim-
tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilash;
- milliy umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bo
lalarga ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakl
lari va usullarini joriy etish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy ax-
borot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta'lim, fan
va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlash.
Dostları ilə paylaş: