“IL K Q A D A M " D A V L A T O 'Q U V D A S T U R I
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi
"O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq
ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktab
gacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbi-
yaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bo
lalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe-
tensiyalari belgilab berilgan3,
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar
cha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat,
maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xiz
mat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi
ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat
muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar
uylari;
maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi
boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash
majburiydur.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM
davlat o'quv dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazi
falari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda
majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomoni
dan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish
huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining
MTM ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim
Dostları ilə paylaş: