N. M. Kayumova


Ill BOB. Maktabgacha ta'lim muassasasi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

99


Ill BOB. Maktabgacha ta'lim muassasasi
tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni
O'zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan is- 
lohotlarning muvaffaqiyatiga, eng avvalo, odamlarning o'z ish­
lariga mas'uliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyat- 
ida mamlakat taraqqiyotiga hissa bo'lib qo'shiladigan savobli 
ishlarni qila olishlariga bog'liq. Jamiyatda pedagog (o'qituvchi, 
tarbiyachi) birinchidan, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, 
ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim be- 
rishdek savobli va mas'uliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani - bu kelajak, istiqbol uchun 
meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qim- 
mati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, 
qalbini baxtga, ilohiy nurga to'ldiradi. Dunyoda biror kimsa 
yo'qki, uning ustozi bo'lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk 
allomami, shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yo­
ki qo'li gul kosibmi, qo'yingki, barcha-barchaning o'z ustozi va 
hayot yo'lini charog'on etib turuvchi yo'lboshchisi bo'ladi.
Ustozning eng buyuk burchi - xalqqa nafi tegadigan, aql- 
idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir.
Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzand- 
lari qilib tarbiyalashdek muhim va faxrli shu bilan birga 
mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukli- 
gi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq va jamiyat oldidagi 
o'z mas'uliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etish­
ga ijodiy yondashishga o'z mahoratini doimo faollashtirib bor­
ish va hamkasblarning ishdagi o'sishiga ko'maklashuviga yor­
dam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka hayotini bili­
shi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi uchun ijtimoiy faol 
bo'lishi kerak.
Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori 
baholamoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining birin­
chi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga
100


binoan «1-oktyabr Maktabgacha ta'lim xodimlari - o'qituvchi 
murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimiz- 
ni o'qituvchilarni jamiyatda tutgan o'rni naqadar yuksakligi- 
dan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda 
erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari 
uchun, ilg'or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari 
uchun o'qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o'qituvchi», «Katta 
o'qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va 
shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Maktabgacha 
ta'lim xodimlari orasidan respublika bo'yicha deputatlar say- 
lanishi ham ularga bo'lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oy~ 
lik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yax- 
shilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish 
ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy 
tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta 
tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin