ning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, na
faqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladi-
gan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan
o'lchab, qiyoslab bo'lmaydi" degan edi.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning is-
tiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan
islohotlarning mu-
vaffaqiyati ko'p jihatdan tarbiyachi-o'qituvehiga, uning sa-
viyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish
va barkamol inson darajasida tarbiyalab,
voyaga yetkazish-
ga nisbatan shijoatiga bog'liq.
Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon be-
vosita o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib borila
di. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-tarbiyadan ko'zda tuti-
layotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning dars va dars-
dan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini
uyushtirish, ular
ni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol
inson qilib o'stirish va kasbga yo'naltirish o'qituvchilar zimma-
sigayuklatilgan,
Tarbiya - o'qituvchi va o'quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuv-
chi)lar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tar-
biyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomillashti
rish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyat-
ning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har to-
monlama
shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashi-
ni, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralar-
iga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida
tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma’naviy boyligi va his-
tuyg'ulari rivojlanadi, o'zida ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topish
uchun zarur bo'lgan, kishilar bilan o'zaro munosabatni to'g'ri
tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo'ladi.
Tarbiya xususida taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning "Al-
hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot,
yo mamot, yo najot - yo fa-
lokat, yo saodat - yo razolat masalasidur''4 - deb aytgan fikrlari
barcha millat vakillarining tarbiyasiga
mos keluvchi haqiqat-
Dostları ilə paylaş: