nuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib
borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va
televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim,
6.
Nutq madaniyatini egallashningyana bir ko'rinishi nutqiy
taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq,
ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning
nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida
o'rganishi mumkin.
O'qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mu-
kammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida
o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan
ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni
tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo,
nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda
ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: