N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM DAVRINING O'ZIGA XOS



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA'LIM DAVRINING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yosh­
gacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o'zgalar to­
monidan aytilgan so'zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivoj- 
langan bo'lsa, 2-3 yoshga kelib, o'zgalar nutqiga taqlid qilish ja- 
rayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez berila­
di.
129


Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she'rlar 
aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda katta- 
larga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qi­
lish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi.
Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida 
o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi. 
Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi 
ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga 
aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.
3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar 
sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95 
sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraq- 
qiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi.
3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlari- 
ni idora qilish ko'nikmasiga ega bo'ladilar. Ulardagi mustaqil­
lik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib bora­
di. Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosi­
da amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniya- 
ti kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatin­
ing dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalar­
ning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib 
boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz 
qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati yet­
akchi rol o'ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni 
kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadigan ta'limiy 
mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yo'naltirilgan.
4-5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha 
jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi, 
og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez ri­
vojlanadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomil-
130


lashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanish id a 
jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'Iadi, ularni bajarishda tabiiy- 
lik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu 
yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mus­
taqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'Iadi. Barcha ha­
rakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yosh- 
da bola nihoyatda serharakat, o'yinqaroq, o'ta qiziquvchan 
bo'Iadi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning 
uchun ham ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, 
salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib bo­
rish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyat- 
gaega.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin