N. M. Kayumova


Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli
Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan 
hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarni ko'zlab sistemali ra­
vishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo'lida tar­
biyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya 
ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillar- 
ning hamkorligi bilan belgilanadi.
1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar 
o'zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'lumot egallanadi.
2. Tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, 
shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko'rlar, gunglar 
ham o'qitilib, sog lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini bartaraf 
etish mumkin.
123


4. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sha- 
roitida insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o'zlashtirish 
orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y be­
radi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosa­
batlari sistemasiga kiradi.
Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom 
etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, 
bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi 
jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi ke­
rak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usul­
larini hali egallamagan bo'Iadi. Tarbiya va ta'lim jarayonida 
katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tan- 
laydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi, Bola shaxsini ri- 
vojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilana­
di. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning 
jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jara- 
yonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning 
mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, 
o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xil­
ma-xil bo'lib boradi. Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin 
rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular 
ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat 
turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoni- 
yatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklash- 
dan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; 
ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo'lgandan keyin tush­
unchalar darajasidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosida- 
gi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbi­
ya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugun- 
gi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojla- 
nishini olg'a harakatlantiradi.
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan 
o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustah- 
kam bog'liq bo'Iadi, avval erishilgan bosqich yanada yuqori-
124


roq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh 
bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha 
emas, doimiy ahamiyatga ega bo'ladi. Mazmun, metodlar, tash­
kil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha 
tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli 
ko'zi ojiz va kar bolalar uchun mo'ljallangan jamoat muassa­
salarida ayniqsa, aniq namoyon bo'ladi. Bunday bolalar uchun 
ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat 
faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi. Biroq, tarbiya bola rivoj­
lanishini jadallashtirmasligi, uning biror tomonining ruhiy ri- 
vojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning 
uchun Maktabgacha ta'lim pedagogikasida bola shaxsini har 
tomonlama va uyg'un rivojiantirish, uning rivojlanishini boyi- 
tish maqsadi o'rtaga qo'yiladi (A. V. Zaporojes).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli 
pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shax­
sini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniq- 
li pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini 
ta'kidlab shunday yozgan edi:
«Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga 
ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bun­
da faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi 
bo'lsa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir»5.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin