bog'liq bilimlar, malaka, ko'nikmalarni o'zlashtiradi. Shu asos
da unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shaklla
nadi.
Faoliyat - kishining moddiy va ma'naviy ne'matlar yara
tish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma'lum bir
maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.
Faoliyat - insonni belgilangan (rejalashtirilgan)
maqsadga
erishishdir. Faoliyat - bir narsani aniqlash uchun biror narsa
qilish xohishi (jarayoni)6.
Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya obyek-
tiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantirdi.
Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetak-
chilik
rolini belgilaydi, Bolalarning rivojlanishi va tarbiyala-
nishining yosh bilan bog'liq davrlarida faoliyatning turli xil-
lari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi,
lekin bunda
ularning roli bir xil bo'lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning
yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning
rivojlanishidagi asosiy
yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar,
faoliyat maqsadi, mavzuyi, vositalari,
buyumlar bilan amalga
oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib tura-
di. Ilmiy ma’lumotlarning
dalolat berishicha, bola ularni dar-
hol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbar-
ligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni
egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog'chasidagi tar
biya va ta'lim sharoitlariga bog'liq bo'ladi.
Bolaning dastlabki yoshlaridan
boshlab faoliyatning eng
oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va
atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hi
soblanadi.
Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (his
siy va hissiy-predmetli muomalasining] eng oddiy turlari un
da taassurotlarga bo'lgan
ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvur-
larini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan
sayin bolalarning faolligi oshib boradi.
Biroq faollik darajasi,
Dostları ilə paylaş: