lish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
maqsadga muvofiqdir.
6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami
kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro
moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va
o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la bosh
laydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish,
tashabbuskorlik rivojlanadi hamda
kattalar fikrini tinglash
ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga
yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi,
qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi.
Uning
idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bi-
lishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shaklla-
na boradi.
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning
yangi turi bo'lgan ta'lim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish
lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga
tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish
lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi
mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihat
dan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak.
Bolalarni maktabga
tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xu-
losalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning
moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta'lim berish imkoni
yatiga ega bo'lishi shart. O'qituvchining pedagogik-psixologik
bilim
darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bo
lalarga ta'lim va tarbiya berish uchun loyiq bo'lganda, u olti yo
shli bolalarni o'qitish huquqiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham
6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu
bolalarni o'qitadigan o'qituvilar pedagogik-psixologik nuqtayi
nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan
keyingina ta'lim jarayoniga kirishilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: