N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

V BOB. JISMONIY TARBIYA
Jismoniy tarbiya nazariyasi
Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr 
etib: «Inson uchun birinchi baxt uning sog'lig'i, ikkinchisi - 
go'zallikdir» degan ekan. Darhaqiqat, salomatlik barcha boy- 
liklar manbayidir. Nasl-nasabi sog'lom va ma'naviyati yuksak 
xalqning avlodlari ham sog'lom, baquvvat, iymon-e'tiqodli va 
sadoqatli bo'ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudra- 
tining zo'r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt saoda- 
ti uchun sog'lom avlod kerak.
Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino «Badan tarbiya - sog'Iikni 
saqlashda ulug'vor usuldir» deydiki, bu fikr «Kimki qilsa hara­
kat - sog'Iigida barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. 
Ibn Sino «Tibbiy doston» asarida riyozat - badan tarbiyasi 
haqida to'xtalib, uning bir necha xillari bo'lishi, bu jismoniy 
mashqlar bilan o'rtacha shug'ullanish sog'liqqa foydali ekan- 
ligini, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning 
yig'ilishiga sabab bo'lishini alohida uqtirib o'tadi.
Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz- 
ligini D.Adisson shunday ta'riflaydi: «Mutolaa aql uchun qan- 
cha zarur bo'lsa, jismoniy mashqlar ham shuncha zarur». 
Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men 
badanimning muvozanatini to'g'rilab olaman».
Sog'lom avlodni tarbiyalashga yuksak umuminsoniy qadri- 
yatlarga asoslangan hayotiy o'ringa ega bo'lgan ma'naviy boy, 
axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismo- 
nan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllan- 
tirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlarni amal­
ga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida 2000-yil 
«Sog'lom avlod yili» deb e'lon qilindi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - barchamizning ta- 
yanchimiz va suyanchig'imiz bo'lgan farzandlarimizni har ji-
135


hatdan sog'lom va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan ibo­
rat edi. Ana shu ezgu maqsadlarga erishish, bu sohadagi ish­
larni qat'iy reja asosida amalga oshirish uchun maxsus Dav­
lat dasturi qabul qilingan edi. Sog'lom avlodni voyaga yetka- 
zishda jismoniy tarbiya va sportning nechog'li ahamiyatga ega 
ekanligi hammamizga ayon. Yurtimizda 2000-yildan boshlab 
o'tkazilayotgan «Alpomish o'yinlari», «Umid nihollari», «Uni- 
versiada», «Sog'lomjon, polvonjon», «Barkamol avlod» muso- 
baqalari fikrimiz dalilidir. «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xay- 
riya jamg'armasining tashkil qilinishi o'sib kelayotgan avlod 
salomatligini saqlash va mustahkamlash ishlariga jahon ja- 
moatchiligi e'tiborini jalb qildi.
Jismoniy tarbiya to'g'risidagi ta'limot pedagogikaning 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur soha- 
siga qarashli turli hodisalarga ta'rif berilganda, «Badan tarbi­
ya», «jismoniy madaniyat», «jismoniy kamolot», «jismoniy ri­
vojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi.
«Jismoniy madaniyat» tushunchasi quyidagilardan ibo­
rat: 1) mehnat va turmushdagi ko'nikmalarni (tartiblilik, ki- 
yimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigiyenik rejim- 
ga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uy- 
qu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolar)ni; 2) tabiatning tabiiy 
sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suvjni; 
3) jismoniy mashqlarni o'z ichiga oladi.
Jismoniy rivojlanish - odam organizmining tarkib topishi, 
uning shakllari va vazifalarining o'zgarishini ifodalaydigan bi- 
ologik jarayondir. Tor ma'noda bu antropometrik va biometrik 
ko'rsatkichlar: bo'yi, tana og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, 
o'pka sig'imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlan­
ish biologik hayot qonunlari - muhit va organizmning birligi, 
miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga muntazam ra­
vishda o'tishga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush 
sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o'zgartirib, 
organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshi-
136


rish, jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini o'zgartirish mum­
kin.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbi­
yasi ular hayotini saqlash, sog'lig'ini mustahkamlash, harakat 
malakalarini shakllantirish va to'la ma'nodagi jismoniy tarbiya 
berish, madaniy - gigiyenik malakalarni shakllantirish, batar- 
tib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan.
Bolaga ta'lim - tarbiya berishda amalga oshiriladigan har 
qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog'lig'iga 
bog'liq. Shuning uchun ko'pchilik pedagogik ishlar bolaning 
jismoniy imkoniyati va sog'lig'ini e'tiborga olgan holda amal­
ga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg'un 
rivojlangan inson bo'lib o'sishida muhim ahamiyatga ega.
Sog'lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham 
yuqori bo'ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlar- 
ni osonlik bilan tez bajaradi.
In kindergarten, children begin to learn the value of physical 
activity. They should practice fitness while learning new 
movements and working to develop key social skills, including 
good sportsmanship. As physical education specialist Amy Kaiser 
explains, "There are skills to learn and games to play. Nothing can 
be accomplished unless the child feels safe enough to try something 
new."Children should learn the importance of teamwork, as well. 
"Good sportsmanship in kindergarten is as simple and important 
as taking turns and recognizing others during a game," says Kaiser. 
"Children at this age learn to work in pairs and small groups and 
can learn to appreciate others," she adds
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar jismoniy faoliyat 
haqida tasavvurga ega bo'lishadi. Bolalarga amaliy jismoniy 
mashqlar asosiy ijtimoiy ko'nikmalarni rivojiantirish uchun yangi 
sport va harakatlarni o'rgatish kerak. Jismoniy ta'lim mutaxassisi 
Amy Kaiser shunday deydi: "Talim olishning asosiy negizi bu 
o'yinlar o'ynashdir. Bola jismoniy faoliyat bilan shug'uHanish 
jarayonida o'zini xavfsiz his qilmas ekan. u hech bir vangi ishni

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin