Namangan davlat universiteti "tasdiqlayman"



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/84
tarix07.01.2024
ölçüsü0,99 Mb.
#210874
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Modul Moliya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI




"TASDIQLAYMAN"
O’quv ishlari bo’yicha prorektori
D.Xolmatov
__________________

“_____" _________ 2023-yil












IQTISODIY VA MOLIYA HUQUQI FANINING


ISHCHI O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:






Ijtimoiy soha, biznes va huquq

Ta’lim sohasi:






Huquq

Ta’lim yo‘nalishi:

60420100



Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)



Namangan-2023
1-MAVZU: MOLIYA HUQUQIGA KIRISH.


REJA:


1. Moliya tushunchasi, funktsiyalari va mohiyati
2. Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish usullari
3. O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi: mazmuni va tuzilishi


1. Moliya tushunchasi, funktsiyalari va mohiyati
Davlat va huquq nazariyasi fanidan ma’lumki, har bir huquq sohasi ma’lum bir maqsad va vazifalarga yo’naltirilgan bo’ladi. Moliya huquqining oldiga qo’yilgan asosiy vazifa jamiyatda kelib chiqadigan o’ziga xos munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Moliya huquqi o’z ta’siri ostiga ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar doirasini qamrab oladi. Davlat o’z oldida turgan vazifalarni bajarishda «moliya» deb ataluvchi iqtisodiy richagni qo’llaydi va shu bilan bog’liq holda moliyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Mana shu sababli moliya huquqi to’g’risida so’z yuritishdan avval «moliya» va «davlatning moliyaviy faoliyati» degan tushunchalarni bilib olish lozim.
Har bir davlat o’zining mustaqil moliyasiga ega bo’lmog’i lozim. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng nafaqat siyosiy mustaqillikka, balki shu jumladan iqtisodiy mustaqillikka, ya’ni O’zbekiston Respublikasi o’zining moliyasiga va o’zining milliy daromadiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining moliyasi mamlakatimiz iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas qismi bo’lib, uning tarkibiy elementi hisoblanadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi-uning moliyasini yuksalish yo’nalishlarini belgilab beradi va mustahkamlab borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotimizning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatgichlardan biri - bu milliy daromaddir. Milliy daromadning o’sishiga mamlakat sanoati, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz rivojlanishi sabab bo’ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri bo’lib, bu vazifani bajarmasdan turib mamlakatimizni himoya qilish, madaniy va xo’jalik rivojlanishini ta’minlash va bo­zor iqtisodiyoti sharoitiga qadam qo’yish mumkin emas.
Moliya-pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rni bilan belgilanadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin