N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM TARIXI



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA'LIM TARIXI
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA
XIX asming ikkinchi yarmi - X X asrda Shveysarya, Angliya 
va boshqa Yevropa mamlakatlarida nemis pedagogi Fridrix 
Frebelning maktabgacha tarbiya nazariyasi keng ommalashdi. 
Pedagogika tarixida Frebelning ahamiyati shu bilan belgilanadiki, 
u maktabgacha tarbiya nazariyotchisi bo‘lgani holda maktabgacha 
pedagogikani mustaqil fan tarmog’iga ajratilishiga ko‘maklashdi. 
Ayni paytda u ilk bor «bolalar bog’chasi» tushunchasini muomalaga 
kiritdi.
Fridrix Frebel (1782-1852).
Fridrix Frebelning pedagogik tizimi
36


Bolalar bog’chasining paydo bo‘lishi tarixi 1837-yilga borib 
taqaladi, bolalar bog’chasining asoschisi deb taniqli nemis 
pedagogi - Fridrix Frebel hisoblanadi. Aynan u Germaniyaning Bad- 
Blankenburg shahrida bolalar uchun tashkil qilingan muassasasini 
“bolalar bog ’chasi” deb atadi va ushbu atama butun dunyoda umumiy 
tarzda qabul qilindi. Shunday savol tug’iladi: Nima sababdan 
muassasa “bolalar bog’chasi” deb ataladi? Taxminlardan biriga 
ko‘ra, F.Frebel bolalarni “Qlloh ekinlari” deb hisoblagan, ya’ni ular 
g’amxo‘rlik va parvarishga muhtoj o‘simliklar bog’i hisoblanadi. 
Yana bir taxmin shundan iboratki, nemis pedagogi Sorbixdagi 
“Saroy bog’ida” deb nomlangan sobiq mehmonxonada “bolalarni 
parvarishlash bo‘yicha birinchi muassasa”ni ochgan. Farzandlarini 
muassasaga olib borar ekan, shaharcha aholisi boqqa ketayapmiz, 
deb aytgan. Chunki bolalar bog’chasi oczining dizayniga ko4ra 
gullar va daraxtlarga o‘ralgan bog’ bo'lgan. Bolalar bog’chasi 
tarbiyachilarmi nemis pedagogi “bog’bon qizlar” deb atagan, 
bu bilan u bolalarga bo‘lgan mehrini ifodalagan, pedagoglami 
bolalarga voyaga yetishi va rivojlanishi uchun ko'maklashishga 
da’vat etgan. Frebelning bolalar bog’chalari shuningdek, vaqtincha 
oila o‘mini bosish va ota-onalarga tarbiya ishlariga yordamlashish 
uchun tashkil qilingan: onalar bilan bolalar birga kelishi, ular bilan 
o‘ynashi va bog’bon qizlardan o(rganishi mumkin borgan.
Shu tarzda, F.Frebelning katta xizmati bolalar bog’chasining 
ochilishi, shuningdek maktabgacha ta’lim uslubiyotining yaratilishi 
bo‘ldi. Uning asosini bolalarga bo‘lgan cheksiz mehr tashkil qiladi. 
Ushbu uslubiyotning asosiy jihatlarini sanab o'taylik: o‘yin, nutqni 
rivojlantirish, jamoaviy tarbiya, mehr-muhabbat bilan o‘rab olish, 
jazolarning yo‘qligi va tarixda qolib ketgan «Frebel tuhfalari».
Bolalar tarbiyasiga katta e’tibor qaratar ekan, Frebel o'yinlarni 
o‘z uslubiy otining asosi deb bilgan, bular: ijodiy, harakatli, 
fantaziyali, taqlidli va h.z. o‘yinlar. Shuni ta’kidlash kerakki, aynan 
Frebel didaktik о‘yinlar tizimini yaratishga asos solgan. U didaktik 
o‘yinlar va turli tuman mashg’ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha uslubiy
37


ko‘rsatmalami ishlab chiqqan. Olim olib borgan ishlar unda shunday 
e’tiqodni shakllantirdiki, «bolalar o‘yini - bu turmush ko‘zgusi va 
ichki olamning erkin namoyishi»dir.
RFrebel 
mayda 
motorika 
yordamida 
bolalar 
nuqtini 
rivojlantirishni taklif qilgan. U ilk yoshdagi va maktabgacha 
yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish bosqichlarini batafsil 
ko‘rsatib bergan hamda buyum bilan tanishishni uning nomini 
atashdan boshlash kerak, degan talabni ilgari surgan.
Nemis pedagogining fikricha, turli materiallar bilan ko‘plab 
mashqlar bajamvchi bolalar boshqa bolalardan ancha awal so‘zlay 
boshlaydi.
Frebel xilma-xil bolalar faoliyati turlari va mashg’ulotlarni 
taklif etgan, bular: mozaika, munchoqlar, cho‘plar, qog’ozlar, 
bo‘yoqlar bilan ishlash, rasm chizish, qog’ozdan to‘qish, qog’ozni 
qirqish, loydan narsalar yasash. Origamiga katta e’tibor qaratilgan 
(ya’ni qaychidan foydalanmasdan turib, qog’ozdan shakllar 
yasash). Shuningdek, olimning bog’chasida arqonli o‘yinlar; qum 
o‘ynash, konstruksiyalar yasash uzviy mashg’ulotlar hisoblagan. 
Bular ijodiy qobiliyatni o‘stirish, intellektni shakllantirish, dunyoni 
abstrakt holda qabul qila olish, noan’anaviy qarorlar qabul qilish 
layoqatini rivojlantirishga ko‘maklashadi. О‘yin jarayonida 
bolalar bilan suhbatlashish ham ko‘zda tutilgan. Suhbat mavzusi 
Frebelning fikricha, awaldan tayyorlanib, bolaning faoliyat bilan 
shug’ullanish va boshqa bolalar bilan muloqot qilishga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish uchun, uni tengdoshlari jamoasida tarbiyalash 
kerak. Ushbu g’oyani u chuqur pedagogik asos bilan mustahkamladi 
va uni keng ommalashtirish bo‘yicha ko'p ishlarni amalga oshirdi.
RFrebel jamoaviy tarbiyani insoniyat asosi, deb bilgan. Shu 
sababli u bolani majburiy tartibda jamoaviy faoliyatga jalb qilish, 
ya’ni uning bolalar bog’chasiga qatnashi zarur, deb hisoblagan. 
U bolaning tanasini rivojiantirish zarur, tashqi hissiyot sezgilarini 
mashq qildirish, ularni odamlar va tabiat bilan tanishtirish kerak, deb 
hisoblagan. Shu kabi о‘yin jarayonida bolani maktabga tayyorlash,
38


bog’dagi o‘simliklar kabi, ularga rivojlanishida yordamlashish 
kerak, deb bilgan. Ayni paytda har bir bolaning individualligini 
yodda tutishga da’vat etgan. Shu sababli bog’da katta gullar 
to'plami bo‘lgan, bolalar gullami guruh bo'lib parvarish qilgan, 
ayni paytda bitta bolaga biriktirilgan o'simlik ekilgan tuvak ham 
bo'lgan.
F.Frebel uslubiyotining g'oyasi - barcha narsalar bolalarga. 
Olim bolalarga hayvonlar haqidagi voqealami aytib bergan, 
zero bolalar hayvonlarni yaxshi ko'rishini tashungan. So'ngra 
bolalarning gullarga mehri balandligini anglagan. Shu sababli 
uning tarbiyalanuvchilari gullami mustaqil parvarishlay boshiagan. 
Asta-sekin musiqaning bolalarga ijobiy ta’sir ko'rsatishini sezgan. 
Shundan kelib chiqib, bolalar ashula ayta boshiagan va «bog’bon 
qizlar»ning (ya’ni, tarbiyachilarning) ashulalarini tinglagan.
F.Frebel jazolarga, bolalarga nisbatan har qanday shafqatsizlik 
namoyishlariga qarshi bo'lgan. Fridrix Frebel haqida so'z ketganda 
uning «tuhfalarini» alohida eslatish kerak. «Frebel tuhfalari» - bu 
olim tomonidan ishlab chiqilgan didaktik material bo‘lib, bolani ilk 
yoshda rivojlanishiga mo'ljallangan. Bu bolaning turli ko'nikmalari 
va layoqatlarini mashq qildiruvi o'yinchoqlar tizimidir. Har bir 
o'yinchoq bolani rivojlantirishga ko'maklashadi hamda undan 
foydalanishda muayyan qoidalami ko'zda tutadi. F.Frebel 6 ta 
nomdagi “Tuhfalar”ni taklif etdi:
Birinchi tuhfa - bu koptok. Bu birinchi o'yinchoq, chunki 
shaming burchaklari yo'q, bola uchun qulay. Material sifatida 
ko'pincha mayda, yumshoq, jundan to‘qilgan shar-koptokiar taklif 
qilingan. Har bir koptokka ip bog’langan. Bolaga turli rangdagi 
koptokni ko'rsatish orqali ona uni ranglami farqlashga o'rgatgan. 
Koptoklar turli ranglarga bo'yalgan - qizil, yashil, sariq, to'q sariq, 
oq, ko'k va binafsha rangli koptoklar bo'lgan. Shar-koptokni turli 
tomonga: «yuqoriga-pastga», «chapga-o'ngga», «oldinga-orqaga» 
tebratar ekan, ona harakatlar nomini aytadi va bolani makondagi 
harakatlar bilan tanishtiradi. Bolani tasdiq va inkor bilan tanishtirish 
maqsadida ona shami kaftiga qo'yib, so'ng uni yashirar ekan, 
«Koptok bor - koptok yo'q» deb aytadi.
39


Ikkinchi tuhfa - kichik o‘lchamli: yog’och kub, shar va silindr 
bo‘lgan. Aniqlik kiritamiz: shar diametri, silindr asosi va kubik 
tomonlar bir xil. Ularning yordamida bola ashyolaming turli 
shakllari bilan tanishadi. Kubik o‘z shakli va barqarorligi bilan 
shaming aksidir. Shar nemis olimi tomonidan harakatlanish ramzi, 
kubik esa - barqarorlik ramzi, xilma-xillikda yagonalik ramzi 
hisoblanadi. Shu narsa nazarda tutiladiki, kub yagona, ammo 
unga qaysi tomondan qarayotganingizga ko‘ra ko‘rinishi turlicha 
bo‘ladi: qirrasi, tomoni, uchi bilan. Silindr shaming ham, kubning 
ham xossalarini birlashtiradi: u asosiga qo‘yilganda barqaror, 
yotqizilganda harakatlanadi.
Uchinchi tuhfa - bu 8 ta kubikka bo‘lingan kub. Ya’ni, kub 
o‘rtasidan bo‘lingan, har bir qismi esa - to‘rt ЬоЧакка. Buning 
yordamida, Frebelning fikricha, bola butun narsa va uning tarkibiy 
qismlari haqida tasawurga ega bo‘ladi. Shu tufayli bola o‘z 
ijodini rivojiantirish, kubiklardan narsalar qurish, ularni turlicha 
kombinatsiyalarga birlashtirish imkoniga ega bo ‘ ladi.
To4rtinchi tuhfa - bu o‘sha o‘lchamli kub bo‘lib, u 8 ta plitkaga 
bo‘lingan.
Ya’ni, kubik o‘rtasidan bo‘linadi, har bir qismi esa - to‘rtta 
cho‘ziq plitkaga bo‘linadi. Har bir plitkaning uzunligi kubik 
tomoniga teng, qalinligi ushbu tomonning to‘rtdan bir qismiga teng.
Beshinchi tuhfa - bu 27 ta mayda kubiklarga bo‘lingan kub, 
ulardan to ‘qqiztasi yanada mayda bo ‘ laklarga bo ‘ lingan.
Oltinchi tuhfa - bu ham 27 ta kubikka bo‘lingan kub bo‘lgan, 
ularning aksariyati yana qismlarga: plitkalarga, diagonaliga ko‘ra 
bo‘lingan.
Shu tarzda Frebel bo‘yicha bolalar bog’chasining maqsadi va 
tamoyillarini quyidagilar tashkil qiladi:
- faoliyatning 3 ta turiga - o'yin, o‘quv, mehnatga 
yo‘naltirilganlik;
- bola hissiyotlarini rivojiantirish;
- bolaning tanasi va ruhini mustahkamlash;
40


- ko'rgazmali usul yordamida tabiat bilan tanishish va dunyoni 
anglash;
- odamlar bilan muloqot qilish;
- bolaning tabiiy xislatlarini rivojlantirish;
- bolalarga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish.
F.Frebelning ulkan yutuqlari bilan birga, tarixdan ma’lumki,
uning pedagogik yondashuvlari K.D.Ushinskiy, E.A.Flyorina,
G.N. Vodovozova kabi olimlar tomonidan tanqid qilingan. Frebel 
nazariyasida kamchiliklar ham bor, va ular, avvalo, quyidagilar:
- bolaning bevosita atrofdagi olam bilan tanishuvi «tuhfalar» 
tizimiga almashtirilgan;
- bolaning hayoti didaktik material bilan chegaralanadi;
- bolaning hayoti haddan ziyod tartibga solinadi;
- bolaning erkin ijodi cheklanadi va h.z.
Shunga qaramay, F.Frebel fanga katta hissa qo‘shgan, zero 
u nazariya va amaliyotni birlashtirdi, uning maqsadi - bolaning 
ijodiy salohiyatini namoyon bo‘lishiga ко ‘ maklashadigan sharoitni 
ta’minlovchi muhitni yaratish bo‘lgan. Ayni paytda bu bolada 
noan’anaviy ijodiy fikrlash qobiliyatini, fantaziyani rivojlantiradi, 
masalalami hal etishga noan’anaviy yondashuvni shakllantiradi.
Maktabgacha tarbiya g’oyasini targ’ib etish va bolalar bog’- 
chalarini ommalashtirish yoUida ulkan ishlarni amalga oshirdi. 
Olim bolalarning yoshlariga mos ravishda ishlash usullarini ishlab 
chiqish orqali maktabgacha tarbiya amaliyotini jiddiy boyitdi.
Ko‘plab mamlakatlarda bolalar bog’chalari maktabgacha tarbiya 
tizimida yetakchi o‘rinni egalladi. F.Frebel maktabgacha tarbiya 
tarixida birinchi bo‘lib ijtimoiy maktabgacha tarbiyaning yaxlit, 
uslubiy ishlab chiqilgan, amaliy qo‘llanmalar bilan boyitilgan 
tizimini yaratdi.
Maktabgacha ta’lim sohasi vujudga kelishida 1918-yiIda 
Fridrix Frebel kursi qoshida Petrograd Maktabgacha ta'lim in- 
stitutining tashkil etilishi muhim voqea bo'ldi. Bu ta'lim mas- 
kanida Maktabgacha ta'lim bo'yicha mutaxassis kadrlar tay-
41


yorlangan, shu bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlari olib 
boriigan. 1919-yilda xaql maorifi kommisariyati tomonidan 
"Maktabgacha ta'lim" bo'yicha butun ittifoq anjumani bo'lib 
o'tdi. Bunda ijtimoiy Maktabgacha ta'lim sohasini tashkil etish, 
bola tarbiyasining nazariy-amaliy masalalari o'rin oladi.
Maktabgacha ta'limga bag'ishlangan butunittifoq anjumanlar:
- 1921 yil - ikkinchi anjuman
- 1924 yil - uchinchi anjuman
- 1928 yil - to'rtinchi anjumanlar bo'lib o'tgan.
Bu anjumanlar ijtimoiy Maktabgacha ta’lim muassasalarini 
kengaytirish, kadrlar tayyorlash, moddiy ta'minot masalalari, 
shu bilan bir qatorda Maktabgacha ta'lim sohasini ilmiy tadqi­
qot ishlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi.
Maktabgacha ta'lim pedagogika sohasi rivojiga pedagog 
olim va psixologlardan: S.T.Shaskiy, V.N.Shasskaya, L.K.Shleger, 
Ye.LTixeeva, 
L.I.Chulishskaya, 
Y.A.Arkin, 
K.N.Kornilov, 
P.P.Blonskiy va boshqalar katta hissa qo'shganlar. Maktabga­
cha pedagogika bo'yicha dastlabki qo'llanma "Ilk yosh peda­
gogikasi va Maktabgacha ta'lim bo'yicha metodik xatlar" nashr 
ettirildi.
1930-yillarga kelib, maktabgacha pedagogika sohasi jadal- 
lik bilan rivojlandi, shu bilan bir qatorda maktabgacha bo­
lalar muassasalari soni ham o'sib bordi. Maktabgacha pe­
dagogika fan sifatida taraqqiy etishida psixolog-olimlardan 
A.R.Luriya, S.L.Rubenshteyn, B.G.Ananev, pedagog-olimlardan 
P.N.Gruzdeva, Y.N.Medinskiy, I.F.Svadkovskiylarning roli katta 
bo'ldi.
1928-yilda xalq maorifi komissarligi tomonidan "Doshkol- 
noe vospitanie" jurnali nashr etildi. Bu jurnal o'z ichiga quyi­
dagi bo'limlar:
- Maktabgacha ta'lim nazariyasi va amaliyoti
- Maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va jihoz- 
lash
- Metodik ishlar (kutubxona, bolalar adabiyoti, metodik 
qo'llanmalar)
42


- Chet ellarda Maktabgacha ta'lim tizimi
- Ilg'or ish tajribalaridan namunalar
- Maktabgacha ta'lim pedagoglari uchun maslahatlardan 
iborat bo'lgan.
Maktabgacha pedagogika sohasi bo'yicha ilmiy-tadqiqot 
ishlarini olib borgan pedagog-psixolog Pavel Petrovich Blons­
kiy (1884-1941):
- Maktabgacha ta’limga kirish (1913-y)
- Bolalarning yosh xususiyatlari (1934-y), ko'nikmalari mu- 
allifi, asosan boialikning ilk yosh davr xususiyatlari ustida 
tadqiqotlar olib borgan olimdir.
Stanislav Teofilovich Shaskiy (1878-1934) pedagog olim, u 
Maktabgacha ta'limning mazmuni va metodlari ustida ilmiy 
tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning rahbarligida pedagogik 
texnikum tashkil etilgan. U tomonidan "Bolalar mehnati va 
dam olishi" deb nomlangan jamiyat ish olib borgan. Uning "De- 
ti - rabotyagi budushego" (1908) asari bolalar tarbiyasining 
muhim jihatlarini keng yoritib bergan.
Luiza Karlovna Shleger (1863-1942) - Maktabgacha ta’lim 
sohasi bo'yicha ko'zga ko'ringan olima. U tomonidan "Materiali 
dlya besed s malenkimi detmi" “Prakticheskaya rabota v dets- 
kom sadu" (1915 g) nomli kitobida bolalarning o'yin va mehnat 
faoliyatini tashkil etish masalalari o'rin egallagan. U Maktab­
gacha ta'lim bo'yicha kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok et- 
gan,
Lidiya Ivanovna Chulitskaya (1870-1938) taniqli pedagog- 
shifokor, ilk yosh davr gigiyenasi bo'yicha olima. Uning "Gigie- 
na detskogo sada" (1923 g), "Gigiena detskogo vozrasta" (1938 
g), "Razvitie dvijeniy u detey na pervom i vtorom godu", "Igri 
v doshkolnom vozraste" asarlari Maktabgacha ta'lim sohasi 
rivojida muhim o'rin tutdi. Shuningdek; u Maktabgacha ta'lim 
bo'yicha kadrlar tayyorlash; bolalar bog'chalarining sanitariya 
holatini saqlash masalalarida faol ishtirok etgan.
Yelizaveta Ivanovna Tixeeva (1867-1943) pedagogik faoli­
yatini XIX asrning 90-yillarida boshlagan, 1913—1917-yil-
43


larda u Sankt-Piterburg jamiyatining Maktabgacha ta'lim 
bo'limining rahbari bo'lib faoliyat ko'rsatgan. 1920-yilda 
Y.LTixeeva - Petrograd maktabgacha pedagogika institutin- 
ing professori, keyinchalik A.I.Gersen nomli Pedagogika insti- 
tutida ma'ruzalar o'qigan. Uning rahbarligida institut qoshida 
tashkil etilgan bolalar bog'chasi ilmiy-tadqiqotlar va labora- 
toriya bazasi bo'lib hisoblangan. Muassasada - nutq o'stirish, 
sensor tarbiya, mashg'ulotlarda didaktik o'yinlarni tashkil 
etish metodikalari bo'yicha ishlar olib borilgan.
Uning "Detskiy sad" (1928 g), "Razvitie rechi doshkolnika” 
(1937 g) nomli kitoblari maktabgacha yoshdagi bolalar tarbi­
yasi rivojiga katta hissa qo'shdi,
Lev Semenovich Vigodskiy (1896-1934) - umumiy va 
maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasi bo'yicha tad- 
qiqotlar olib borgan. U psixik jarayonlarning aqliy tarbiya va 
ta'limga bog'liqlik masalalari, turli yosh davrlar xususiyatlari 
ustida ish olib borgan, Uning "Obuchenie v razvitie v doshkol- 
nom vozraste" nomli risolasida bolalar bog'cha programmasi 
tuzishda psixologik jarayonlarga ahamiyat qaratilishi ta’lim, 
bilim berish, o'qitish masalalari yoritib berilgan.
Anton Semenovich Makarenko - (1888-1939). Taniqli pe­
dagog va yozuvchi bo'lib o'z Vatani va chet ellarda o'zining pe­
dagogik asarlari bilan mashhur bo'lgan. U 1920-yilda “Bolalar 
koloniyasi" ni tuzdi. Unda voyaga yetmagan va tartibbuzar bo­
lalar tarbiya qilindi. 1927-yilga kelib, F.E.Dzerjinskiy nomli bo­
lalar kolonnasi tashkil etdi. U Maktabgacha ta'lim yoshidagi 
bolalarni tarbiyalash (o'yin, mehnat va boshqa faoliyatlarda) 
usullarini ko'rsatib bergan. U ta'limda “Metodika organizatsi- 
ya vospitatelnogo protsessa", "Stil rabot s kollektivom” "Stil 
vospitaniya”, “Obshie usloviya semeynogo vospitaniya” nom­
li risolalari yaratilgan. Olim oilada bola tarbiyasi masalalari 
bo'yicha ham tadqiqotlar olib borgan.
O'tgan asrning 40-60 yillariga kelib, Maktabgacha ta'lim so­
hasi jadallik bilan rivojlandi. Maktabgacha ta'lim muassasala- 
riga bo'lgan talab ortishi munosabati bilan turli (kecha-kun-
44


duz] yo'nalishdagi sanatoriya, bolalar internatlari tashkil etil- 
di. Maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishda 1943-yilda 
Pedagogika fanlari Akademiyasida Maktabgacha ta'lim sekto- 
rining tashkil etilishi katta voqea bo'ldi. Bu yillarda bolalar­
ning aqliy tarbiyasi muammolari, elementar matematika na- 
zariyasi va metodikasi bo'yicha tadqiqot olib borgan pedagog 
A.M.Musina “Maktabgacha pedagogikaning didaktik materi­
allari'' asosini ilmiy jihatdan ishlab chiqqan B.I.Xachapuridze, 
maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyati bo'yicha tad- 
qiqotlar olib borgan Y.A.Flerina, bolalar bog'chasida ta'lim-na- 
zariyasini (o'qitish) ishlab chiqqan pedagog olima A.P.Usova 
kabi pedagog-olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar 
Maktabgacha ta'lim sohasi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.
Yefim Aronovich Arkin (1873-1948) - pedagogika fanlari 
doktori, shifokor va pedagog olim. U bolalar jismoniy tarbiya­
si, bolalar gigiyenasi sohasida ilmiy asarlarni yaratdi. Uning 
asarlari: "Doshkolniy vozrast” (Maktabgacha yosh)(1948), 
"Ota-onalar uchun qo'llanma va ta'lim” U turli yosh davrning 
jismoniy va psixik rivojlanishi qonuniyatlarini ishlab chiqqan 
olimdir.
Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1888-1952) - taniqli oli­
ma, pedagogika fanlari doktori, professor, Pedagogika Fan­
lar Akademiyasi muxbir a'zosi. U ijtimoiy Maktabgacha ta'lim 
tashkil etilishi, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga yetak- 
chilik qilgan. U maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy este­
tik jihatdan rivojiantirish muammolari ustida ish olib borgan. 
Uning rahbarligida "Maktabgacha pedagogika" darsligi yaratil- 
gan.
Shuningdek, u maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi- 
ni o'stirish metodikasi ustida tadqiqotlar olib borgan. U "Es- 
teticheskoe vospitanie doshkolnika” va bir qancha qo'llanmalar 
muallifidir.
Aleksandra Platonova Usova (18984965) - maktabgacha 
pedagogika sohasida ko'zga ko'ringan olima, Pedagogika Fan­
lari Akdemiyasi muxbir a'zosi. U 1930-1941-yillar mobayni-
45


da A.I.Gertsen nomli Leningrad Davlat Pedagogika institutin- 
ing Maktabgacha ta'lim kafedrasini, 1945-1960 yillar Mak­
tabgacha ta'lim sektori va didaktika sektorini boshqargan. U 
maktabgacha yosh davrining o'yin, ta’lim, sensor tarbiya, ped­
agogik jarayonlarni tashkil etish muammolari ustida ilmiy 
tadqiqotlar olib borgan. Uning rahbarligida bolalar bog'chasi 
programmasi barcha metodikalar bo'yicha qo'llanmalar yara- 
tildi. U tomonidan: "Obuchenie v detskom sadu" (M-1970 g), 
"Sensornoe vospitanie doshkolnikov" (M 1963 g), "Russkoe 
narodnoe tvorchestvo v detskom sadu” (M-1972 g) kabi man- 
balar yaratilgan.
Nina Pavlovna Sakulina (1900-1976) - pedagogika fanlari 
doktori, tasviriy faoliyat bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan 
pedagog. U san'at institutidagi maktabgacha sektori bo'limini 
boshqargan. A.P.Usova, A.V.Zaporojes kabi olimlar bilan birga­
likda maktabgacha yoshda sensor tarbiya tizimini ishlab chi- 
qishda qatnashgan. U tomonidan: "Risovanie v doshkolnom 
detstve" (1965 g) asari K.D.Ushinskiy mukofotiga sazovor 
bo'lgan. U asosiy diqqatini Maktabgacha ta'lim ishlariga, tarbi­
yachi, metodist, o'qituvchilarga metodik yordam berishga qa- 
ratdi.
Oradan yillar o'tdi, ko'p narsalar hozirgi davr qarashlari- 
ga mos ravishda qaytadan ko'rib chiqilmoqda, yangilanmoqda. 
Rivojlanishning yangi bosqichida, globalizatsiya va axborot oq- 
imini hisobga olgan holda F.Frebelning pedagogik yondashuv- 
lari hamon maktabgacha ta'lim tizimida qo'lianilmoqda. 
Yuqorida sanab o'tilgan usullar, zamonaviy yondashuvlarga 
mos holda uslubiy qayta ishlangani holda maktabgacha ta'lim 
muassasalarida qo'lianilmoqda.
Endi esa xayolan o'tmish va maktabgacha ta'limning zamo­
naviy yondashuvlari o'rtasida ko'prik yasaymiz.
Hozirgi bosqichda, maktabgacha yoshdagi bolalarni turli 
vaziyatlarda harakatlana olishga, kutilmagan muammolarni 
hal qilishga, nafaqat an'anaviy, balki noan'anaviy ijodiy yechim- 
lar topa bilishga va ularni hayotga joriy etishga o'rgatish ke-
46


rak. Buning yordamida bolalar yangi sharoitlarga moslashish 
va maktabga tayyorlanish, hayotda yutuqqa erishish imkoni- 
yatiga ega bo'ladi.
Ta'limning tahlili shuni ta'kidlash imkonini beradiki, 
zamonaviy ta'lim kompetentlilik yondashuviga asoslanadi. 
O'zbekistonning maktabgacha ta'lim muassasalarida o'quv- 
ta'lim ishlari «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab­
gacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat ta­
lablari» va "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining 
Davlat o'quv dasturi» asosida olib borilmoqda.
"Ilk qadam" MTMsining Davlat o'quv dasturiga muvofiq 
turli yosh guruhlarida quyidagi rivojlantiruvchi markazlarida 
ish olib borilishi belgilangan: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabi­
at», «Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika», «San'at 
markazi», «Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish». Guruh 
bolalari o'z istagiga binoan xohlagan mazkur markazlardan 
birini tanlab, faoliyat olib borishi mumkin.
Taqqoslash asosida, maktabgacha ta'limning tarixi bilan 
hozirgi holati o'rtasida qiziq bir o'xshashlikni qayd etamiz. 
E'tibor qiling, aynan F.Frebelning "bolalar bog'chasi"da ta'limga 
nisbatan yuqorida tilga olingan yondashuvlarga asos solingan. 
Xususan, bu jihat bolalar bog'chasida bolalar faoliyatini tash- 
killashtirishda namoyon bo'ladi. Bunda, masalan, xonaning bir 
burchagida bolalar guruhi yog'och kublardan minora yasay- 
di, boshqa burchagida esa - ikkinchi guruh barmoqlari bilan 
chizish orqali katta rasmni chizadi. Bunday faoliyat davomi­
da ular quyidagi turdagi masalalarni hal qiladi: "Qanday qilib 
qursak, minora yiqilmaydi? Minoraga nima bo'ladi - yiqila- 
dimi yoki turib qoladimi? Yana qanday ranglar qo'shish mum­
kin? Qanday geometrik shakllarni qo'shish mumkin?" va h.z. 
Hozirgi bosqichda bularning barchasi jiddiy ravishda boyitil- 
gan va takomillashtirilgan. Ularga mavzuli tamoyil asos qilib 
olingan. Butun o'quv yili davomida mavzu belgilangan va har 
bir oy uchun mavzuning nomi ko'zda tutilgan. Har bir oyning 
nomi o'z nomiga ega mavzuli to'rtta haftaga bo'lingan va h.z.
47


Shunday qilib, bolaning faoliyatida uning xatti-harakat- 
lari rivojlanishining asosi hisoblanadi. Masalan, kubiklardan, 
geometrik shakllardan uy quradimi, ertak, hikoya to'qiydimi 
va h.z. Muhimi, u izlanishda bo'ladi, o'ylaydi, individual ravish­
da va hamkorlikda qarorlar qabul qiladi. Bu esa bolaga o'zining 
ijodiy faolligini namoyish etishi uchun keng imkoniyatlar 
yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha pedagogika sohasi 
bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida ushbu fan­
ning metodologik asoslari yaratildi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin