pedagogik kuzatish, suhbat, tajriba eksperiment, maktab huj-
jatlarini o'rganish, ilo'or tajribalarni umumlashtirish, matema-
tik hisoblash metodlari asoslab berilgan.
S.P.Baranov va boshqalar yaratgan "Pedagogika" qo'Ilanma-
sida esa kuzatish, savol-javob, maktab hujjatlarini o'rganish,
eksperiment tajriba, modellashtirish metodlari berilgan.
A.K.Munavvarov tahriri ostidagi "Pedagogika" o'quv qo'llan-
masida kuzatish, suhbat, bolalar ijodini o'rganish, test-
so'rovnomalar, maktab hujjatlarini tahlil qilish, matematika
va kibernetika metodlari berilgan. Mavjud pedagogik dars-
liklarning deyarli hammasida metodlarni tavsiflab chiqishning
bir xillik holati mavjud. Ilmiy tadqiqot faoliyatimizda bulardan
foydalanish bizdan ijodiy yondoshishni talab qiladi. Ilmiy pe
dagogik tadqiqot metodlarida biror pedagogik muammoni hal
qilish maqsadida talaba, o'qituvchi-tarbiyachi, aspirant-tad-
qiqotchi va ilmiy xodimlardan foydalanadilar. Ilmiy izlanish-
ning dastlabki debochasi adabiyotlarni o'rganib, tahlil qilish
dan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: