Har qanday metoddan biror maqsadga erishish ko'zda tuti
ladi va shuning uchun u qandaydir maqsad qo'yishni unga eri
shish bo'yicha faoliyat usulini, ana shu faoliyatni amalga oshi-
rishda yordam beradigan vositalarni bilishni taqozo etadi.
Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchi tarbiyachi va bolalarning
xatti-harakatlariga asoslangan pedagogik metod natijasida
o'quvchilar bilim, iqtidor va ko'nikmalarga ega bo'lib, o'z dun-
yoqarashini, tafakkurini va ma'naviyatini yuksaltirishga eri-
shadiiar.
Ta'lim-tarbiyaga taalluqli xatti-harakatlarni tafakkurga
asoslanib tahlil qilish pedagogika va didaktikada yagona usul
hisoblangan.
Yan
Amos
Komenskiyning
"Buyuk
didaktika",
K.D.Ushinskiyning "Inson tarbiya predmeti sifatida” asarlarida
masalaga shunday yondoshishni ko'rish mumkin.
O'quv-tarbiya jarayoni haqida jiddiy xulosa chiqarish uchun
muntazam ravishda olib borilgan kuzatishlar, tajriba, faktlarga
asoslangan empirik tadqiqotlar natijalariga asoslanish zarur.
Dostları ilə paylaş: