Pet Lagogikaning asosiy tushunchalari
Tarbiya
Ta’lim
Ma'lumot
P e d a g o g i k
hodisa
bo'lib,
yosh
avlodga
ilmiy bilimlar sis-
temasini, malaka
va ko'nikmalarni
maxsus metod va
vositalar
orqali
rejali
ravishda
singdirib
Ijtimoiy
zarur
bilimlar,
muayyan
ko'nikma va malakalarni
o'quvchilarga singdirish,
ularning ongiga, xulqiga
ta'sir etish, dunyoqarashi
va
bilish
faolligini
rivojlantirishdir.
U
insonni
mehnatga,
hayotga tayyorlashning
Asosiy pedagogik
tushuncha
bo'lib,
uning ijtimoiy hayot
voqealarini obyektiv
aks
ettirishdir.
Ma’lumot
kishini
bilishga
bo'lgan
talabini
ta'minlab,
undagi qobiliyatlarni
ma'lum
darajaga
11
borish va uning
natijasida
har
t o m o n l a m a
s h a k l l a n g a n
kishini
tarbiya-
lashni
maqsad
qilib qo'yadi.
asosiy vositasi hisob
lanadi.
Ta’lim
berish
jarayonida tarbiya va
ma’lumotning
maqsadi
amalga oshiriladi. Ta'lim
ikki tomonlama jarayon
- o'qitish va o'qishni o'z
ichiga oladi.
ko'taradi va ama
liy faoliyatga tay
yorlaydi.
Ma'lumot
ta'limning
nati-
jasi
bo'lib,
u
kishi
tomonidan
bilim,
malaka
va
k o ' n i k m a l a r n i
mustaqil egalashdir.
O'qitish
- pedagogik faoliyat bo'lib, u bilim, ko'nikma va
malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy
faoliyatiga rahbarlik qilishdir.____________________________________
O'qish - bolalarning bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashdagi
amaliy faoliyatidir. U o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini
ta ’minlaydi.____________________________________ ______________
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA
FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI
Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi
fanlar bilan chambarchas bog'langan. Pedagogika ijtimoiy
hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya, anatomi-
ya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa
bilan chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiya
ning maqsadi va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgi
laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya masala-
siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiya-
tini ochib berish, uning paydo bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy
hodisa ekaniigini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivoj
lanishida tarbiyaning rolini bahoiashga yordam beradi. Didak
tik masalalarni ishlab chiqishda pedagogika bilish nazariya-
siga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda peda
gogika etikaning axloq to'g'risidagi ta'limotiga, estetik tarbi
yaning maqsadini, yo'llarini, metodlarini belgilashda etika fa-
niga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning
axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirish-
da axloqiy g'oyalar rolini tushunishni chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabat-
larni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafo-
sat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u bi
rinchi navbatda inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv
sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat
apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabi-
larning rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarga tayanadi. Hozir
gi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolar
ni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlari-
ni shakllantirishga muhit, irsiyat va tarbiyaning ta'siri va shu
singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi. O'sib bo-
rayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyat-
larining asosiy tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiya
si ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab chiqish uchun katta
ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv siste
masining tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pe
dagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni metodikasini ishlab chiq-
ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish-
da yordam beradi.
13
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va
psixologik xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois, pe
dagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari,
ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida
gi ma'lumotlar muhimdir. Shunga ko'ra pedagogikaning psi-
xologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, av-
valo, u tarbiya ijtimoiy hodisa ekanligi jihatidan pedagogi
ka tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bi
lan bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida
o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta'lim jarayonining
o'ziga xosligini asoslab beruvchi oila pedagogikasi, maktabga
cha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar talim i pe
dagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi
tarmoqlarga bo'lingan.
Dostları ilə paylaş: |