Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi
Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo'ldi.
Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika
sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan
tashqari «Onalar maktabi» degan Maktabgacha ta'lim qo'llan-
masi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy
o'zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg'un
bo'lishi to'g'risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani
tarbiyalaganda, bog'bon daraxtning biologik o'sish qonuniyat-
ini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hi
sobga olishi shart, deydi. Komenskiy o'qishga hammaning jalb
qilinishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi.
«Ta'lim to'g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy das
turi» qabul qilinganiga qadar ham biz Maktabgacha ta’lim
to'g'risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yan
gicha yondashmoqdamiz. Zero, dastur talablariga asosan mak
tabgacha ta’lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga,
uni sog'lom bo'lib o'sishini ta’minlaydi, muntazam ta'lim olish
ga tayyorlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yan
gi tarmog'i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabga
cha ta'lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va
musiqa san'ati, kompyuter savodxonligini o'rgatuvchi guruh
lar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hamma-
si maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyor
lash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart-
sharoit yaratmoqda.
Dostları ilə paylaş: