Tayanch – harakat organlari fiziologiyasi rеja: Tayanch-harakat organlarining ahamiyati



Yüklə 385,87 Kb.
səhifə1/20
tarix15.06.2023
ölçüsü385,87 Kb.
#130648
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
7-mavzu (1)


7–MAVZU
TAYANCH – HARAKAT ORGANLARI FIZIOLOGIYASI


Rеja:
1. Tayanch-harakat organlarining ahamiyati
2. Skelet haqidagi umumiy ma’lumotlar.
3. Skeletning qismlari.
4. Muskullar tizimi
5. Bolalar va o’smirlar tayanch-harakat organlarining rivojlanishida jismoniy mehnat va jismoniy madaniyatning roli.
6. Tayanch - harakat organlarining gigiyenasi
1. Tayanch-harakat organlarining ahamiyati

Harakat organlari tizimiga suyaklar (skelet), bog’lar, bug’unlar va muskullar kiradi. Suyaklar, bog’lar va bug’unlar harakat organlarining passiv elementlari hisoblanadi. Harakat apparatining faol qismi bo’lib muskullar hisoblanadi.


Harakat organlari tizimi – yaxlitdir; har bir organ va uning qismlari bir-biri bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi va faoliyat ko’rsatadi.
Skelet har bir organni va butun tananing tayanchi va himoyachisi bo’lib xizmat qiladi, ko’plab suyaklar esa tana va uning qismlari tomonidan bajariladigan murakkab harakatlarning kuchli ko’targichi ham hisoblanadi. Muskullar barcha suyakli ko’targichlarning harakatini ta’minlaydi. Skelet tananing tuzilish asosini tashkil etadi va jiddiy darajada uning o’lchami va shaklini aniqlaydi. Skeletning miya qutisi, ko’krak qafasi va chanoq, umurtqa pog’onasi tanasi kabi qismlari, miya, o’pka, yurak, ichaklar kabi hayotiy muhim organlarni joylashadigan joyi va himoyachisi bo’lib hisoblanadi.
Yaqin vaqtlargacha odamlar organizmidagi skeletning roli, tananing tayanch va harakat faoliyatidagi ishtiroki bilan uning funksiyasi chegaralangan deb hisoblanardi. Ana shundan «tayanch-harakat apparatlari» degan atama yuzaga kelgan. Hozirda skeletni funksiyasi juda keng ekanligi aniqlangan.
Skelet moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi, aynan qonning mineral tarkibini ma’lum darajada ushlab turilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari suyaklar tarkibiga kiruvchi qator moddalar (kalsiy, fosfor, limon kislotasi va boshq.) zarur bo’lgan paytlarda almashinuv reaksiyalariga yengil qo’shiladi.
Ko’pchilik muskullar suyaklarga tutashgan bo’ladi. Muskullar skelet suyaklarini harakatga keltiradi va ish bajaradi. Ko’plab muskullar, tana bo’shlig’ini o’rab ichki organlarni himoya qiladi.

Yüklə 385,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin