- shaxs - kadrlar tayyorlash
tizimining bosh subyekti va
obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni
amalga oshiruvchisi;
- davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruv-
chi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
- uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyor
lashning asosi bo'lib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim
standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning
faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi;
- fan yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlovchi va ular-
dan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyala-
rini ishlab chiquvchi;
- ishlab chiqarish kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek,
ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan
talablarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayo-
nining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash
tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga
moslashuvchanligini ta'minlaydi.
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning XI moddasi maktabga
cha ta’limga bag'ishlangan. «Maktabgacha ta'lim» bola shaxsi
ni sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga
tayyorlangan tarzda
shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshga
cha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasala
rida olib boriladi» deyiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil
inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiya-
sida: maktabgacha ta'limning tarkibi va mazmunini qayta
ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbek xalqi-
ning milliy an'analari,
qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga
xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq
pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat,
55
milliy o'z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xu
susiyatlarini uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila
ta'limida hal etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: