«Shaxs» - kadrlar tayyorlash tizimining
bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi
xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Harakat
usullarini
egallab
borish
orqali
bolada
faollik
rivojlanadi.
Ammo
faollikning
qay
darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola
hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan munosabati va narsa-
buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala
qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar.
Mana shu yo'l bilan bola buyumlar bilan bo'ladigan faoliyatning o'ziga xos tomonlarini
egallab boradi.
2,5
yoshdan
keyin
buyumlar
bilan
bo'ladigan
faoliyatda
bolalar ancha yuqori ko'rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy
faoliyatga o'tishlari uchun asos yaratiladi.
Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o'z-
o'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to'g'risida,
ijtimoiy
hayot,
kishilar
to'g'risidagi
bilimlarni o'zlashtirib oladilar. Shuningdek, ularning
aqliy va amaliy bilimlari
kengayib boradi.
Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat,
kishilar to'g'risidagi konkret faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga
ta'lim
berishda
asosiy
e’tibor
muhim
bog'liqliklar
va
munosabatlarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga
qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o'qish asosiy faoliyat
bo'lib qoladi va bu faoliyatni bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb
anglay
boshlaydilar, Bola o'zini maktab o'quvchisi deb tushuna
boshlaydi.
Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat yetakchi rol
o'ynaydi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya
muassasalarida va oilada
bolaning hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib
tashkil etish kerak. Bunga albatta, bolalar faoliyatining mazmunini
boyitib
borish,
yangi
bilim
malakalarni singdirish mustaqilligini rivojiantirish bilan erishiladi.
Odam
shaxsini
shakllantirish
bu
tevarak-
atrofdagi dunyoga, tabiatga,
mehnatga, boshqa odamlarga va o'ziga
munosabat sistemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir.
Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda bolalik va o'smirlik
yoshi, ayniqsa, muhimdir.
Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning **oniy va
ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi.
Dunyoqarash, e'tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg'ular (burch, vijdon,
mas'uliyat, muhabbat] madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda
yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta’sir, etadi.
Shaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy faoli
yatning turli xillarida: o'quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa,
bu faoliyat
shaxsni rivojlantiradi, lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy
munosabatlardan chegaralab qo'ysa, u shaxsning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, yoki
uning
rivojlanishini
buzadi.
Shaxsning
yetakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta'sir natijasida
rivojlanadi. Shaxsning ma'naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o'z ichki ishining yakuni
bo'lib, bu jarayonda tashqi ta'sirlar qayta ishlanadi va o'zlashtiriladi.
Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o'zgarishi, eskining yo'q bo'lishi va
yangining vujudga kelishi jarayoni bo'lib, uning manbayi va harakatlantiruvchi kuchlari
shaxsning
ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o'zaro aloqasida
yashiringandir.
Odamning
tabiiy
tomoni
uning
butun
umri
davomida
rivojlanadi va o'zgaradi. Bu rivojlanish va o'zgarishlar yosh xususiyatiga ega
bo'ladi.
Shaxsning
ijtimoiy
rivojlanish
manbayi
shaxs bilan jamiyatning ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir.
Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o'zaro aloqani ochib tashlaydi va ular
dan
shaxsni
shakllantirish
uchun
foydalanadi.
Jumladan,
bolaning
odamlar
hayotida
ishtirok
etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o'rtasidagi
ziddiyat
faoliyat
sifatida
o'yinning
vujudga
kelishi
va rivojlanishiga hamda bolalardagi o'yin faoliyatida ijtimoiy xulq-
atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi.