Muhit
deganda
shaxsning
shakllanishiga
ta'sir
etuvchi
tashqi olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. "Muhit" tushunchasi o'zida geografik-hududiy,
ijtimoiy va mikro muhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.
Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da u nisbatan mustaqillikka
ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar,
tengqurlar,
kishilar
va
shu
kabilarni
o'z
ichiga
oladi.
Bolani
qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga eltuvchi hodisalar mavjud. Agar
bola o'z tug'ma layoqatiga mos sharoitda o'sib, zarur faoliyat bilan shug'ullansa,
layoqat erta ko'rinib rivojlanishi, aksincha, bunday muhit bo'lmasa yo'q bo'lishi
yoki
"mudroq"ligicha
qolib
ketishi
ham
mumkin.
Bundan tashqari odob, axioq, xulqiy sifatlar, shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit
va tarbiyaning o'zaro ta’siri asosida vujudga keladi.
Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, unda shaxsning shakllanish
jarayoniga ta'siri roliga alohida e'tibor beradi. Ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta'siri
g'oyat muhim ekanligini ta'kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit abadiy emas,
u ijtimoiy-
tarixiy qonuniyatlar ta'siri ostida o'zgarib boradi, deya ta'kidlaydilar.
Oila muhiti - mikro muhit ham o'ziga xos muhim tarbiyaviy ta'sirga ega. Shu bois, mustaqillikka
erishilgandan so'ng o'tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyati
masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan "Oila" ilmiy markazi oilaning bu
boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.
Mavjud
ijtimoiy
muhit
insonning
o'sib
borayotgan
ongiga
ta'sir
etadi.
Ijtimoiy
tuzum
darajasi
qanchalik
yuqori
bo'lsa,
uning shaxsga nisbatan ongli ta'siri ham shunchalik yuqori bo'ladi. Ushbu ta'sir ijtimoiy jamiyatdagi
mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
Tarbiya
-
biror
maqsadga
yo'naltirilgan
jarayon
bo'lib,
u
muayyan darajadagi dastur g'oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan kishilar
tomonidan tashkil etiladi.
Tarbiya
ijtimoiy
muhit
orqali
keladigan
tarbiyaviy
ta'sirlarning barchasi bilan bog'liq holda ta'sir qiladi. Bunda qulay
omillardan foydalaniladi, salbiy ta'sirlarning kuchini ma'lum darajada kamaytiradi.
Muhitning
ta'siri stixiyali, tarbi
yaning ta'siri esa maqsadga muvofiq olib boriladi.
Irsivat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xususiyat va o'xshashliklarning naslga
(bolaga] o'tish jarayonidir.
Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning obyektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi
anatomik tuzilishni, fiziologik harakatni, modda almashinuvi tipini,
asab sistemasi tipi
va qayishqoqligini (bular uning atrof-muhit ta'siriga beriluvchan qilib qo'yadi), asab reaksiyalari
jo'shqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyat
turlariga qobiliyatning alohida anatomik-fiziologik asoslari - qobiliyat nishonalari ham meros
bo'ladi. Irsiyat qonunlari to'g'risidagi fan - genetika odamlarda yuzlab turli qobiliyat nishonalari -
mutlaq e**ish, favqulodda ko'rish xotirasi, g'oyat tez ta'sirlanishdan
tortib nodir matematik
va badiiy iste'dodgacha mavjud bo'lishini nazarda tutadi.
Nasldan-naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
Anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi}, organlar holati, qaddi-
qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq,
tafakkur,
ixtiyoriy
harakat
va
amallar,
vertikal
holatda
yurish,
mehnat,
ijod
qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod
alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan emas.
Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyillikni aks ettiradi, xolos.