cognitive and affective skills required for successful functioning in
society that education is designed to promote.
Umuman olganda pedagogika ko‘p jihatli omil hisoblanib, u
madaniyat va xalq kultivatsionprotsesslarni rivojlantirishga qaratilgan.
Bu nuqtayi nazardan pedagogika uchta komponentlardan iborat: 1)
o‘quv rejasi va o‘qitilayotgan mavzuni o‘zida saqlash; 2) metodologiya
yoki boshqa bir o‘quv usuli; 3) omma ichida o‘zini tutishi va muloqot
qilish funksiyalari, muloqot qilish usullari.
Professional Development for Early Childhood -Professionals:
Examining Pedagogy in Early Childhood Walsh, G.; Gray, C ;
McMillan 2010
«Ta'lim to'g'risida»gi Qonunning 11-moddasi maktabgacha
ta'limga bag'ishlanadi. Maktabgacha ta'lim shaxsni sog'lom va
yetuk qilib tarbiyalab, maktab ta'limiga tayyorlaydi. Bu ta'lim
6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida olib boriladi.
2018-yil takomillashtirilgan davlat talablari qabul qilindi.
Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalar besh-
ta asosiy rivojlanish sohalariga bo'lingan, Har bir rivojlanish
sohasi o'z o'rnida kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir
yosh guruhiga mos bir nechta talablardan va kutilayotgan rivoj
lanish ko'rsatkichlaridan iborat Bunda quyidagi yo'nalishlar
asos qilib olindi:
-jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakl
lanishi;
- ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
-nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari:
- bilish
jarayonining rivojlanishi;
- ijodiy rivojlanish.
"Ilk qadam” maktabgacha ta'lim muassasasining o'quv Dav
lat dasturi 2018-yil yaratildi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dastu
ri O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalarni rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvo
fiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda mak-
9
tabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv
tarbiyaviy faoliyatining asosiy g'oyalari ifodalangan. Bolani
ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi
asosiy kompetensi-
yalari belgilangan. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi ijtimoiy
tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o'rgandi. Bu esa maktab
gacha taTim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam
beradi.
Quyidagi sxemada maktabgacha pedagogikaning predmeti
ko'rsatib o'tilgan:
Bola tug'ilgan kundan boshlab,
maktabga borguniga qa-
dar bo'lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tar
biyalash qonuniyatlarini o'rganish maktabgacha ta'lim peda-
gogikasining mavzusidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari
va oilaning tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi birligini, maktabgacha
ta'lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni,
bolalarni
maktabda o'qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy Maktabga
cha ta'lim sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazi-
falarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va
uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta'lim pedagogi
kasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo'lib
shakllandi.
10
Maktabgacha pedagogikaning nazariyasi va amaliyoti mak
tabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berish-
ning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan bosh
lab
tarbiyalashning roli, Maktabgacha ta'limni hayot, zamon
bilan bog'lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakl-
lanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asosla-
nadi.
Pedagogika fani tarbiyani
pedagogik hodisa sifatida
o'rganib, bir qator tushunchalarni o'z ichiga oladi. Pedagogika-
da tarbiya, ta'lim, ma'lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: