N. M. Kayumova


Pedagogik fanlar majmuyi. Ta'lim jarayoni



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Pedagogik fanlar majmuyi. Ta'lim jarayoni
va didaktika haqida tushuncha
Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslari­
ni, ya'ni ta'lim, bilim berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogi­
kaning mustaqil bo'limi didaktika shug'ullanadi,
14


"Didaktika" grekcha so'z bo'lib, "o'qitish" "o'rgatuvchi” de­
gan ma'nolarni anglatadi. "Didaktika" so'zining lug'aviy tarji- 
masi "Ta'lim nazariyasi" demakdir. Ta'lim nazariyasi ta'lim ja­
rayoni tushunchasi va mohiyatini, ta'lim tamoyillarini, ta'lim 
mazmunini, ta'lim metodlari, shakllari va vositalari mazmuni­
ni aks ettiradi. Ta’lim nazariyasining asosiy mohiyati ta'limni 
tashkil etishdan iboratdir. Ta'limni tashkil etishdan asosiy 
maqsad yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar 
tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlari- 
dan biri bo'lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni 
o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta'lim jarayonida 
faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda 
o'quvchi, talabaga ta'sir ko'rsatadi, bu esa ularni bilim olishla- 
rini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim jarayonining 
faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta'lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan na­
zariy bilimlar amaliy faoliyat yordamida yanada mustahkam- 
lanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning 
mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'li bilan 
bilib oladi, ularni o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligi- 
na ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati jarayonini tashkil etuvchi 
munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib 
oladi.
Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo'lish nati­
jasida buyumlar sezgi organlariga ta'sir qiladi, sezgilar idrokni 
keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol fikrlash faoliyati 
yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tu- 
shunadi.
Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida 
so'z yuritganda bilish jarayonining mohiyatini ham ta'kidlab 
o'tish joiz.
Bilish murakkab dialektik jarayon bo'lib, jonli mushoha- 
dadan abstrakt tafakkurga, so'ngra amaliyotga o'tish yo'lidir.
15


Bilish shaxs uchun mavhum ham o'zlashtirilmagan narsa, vo- 
qea va hodisalar mohiyatining ong yordamida anglash jaray- 
onidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Se- 
zish ongning tashqi olam bilan bo'ladigan chinakam aloqasidir. 
Sezish tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sez- 
gi organlari (bizga ma'lumki, ular beshta)ga ta'sir etuvchi ay- 
rim sifat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, 
har bir analizator 1.P.Pavlov ta'kidlab o'tganidek, narsalarning 
ayrim eng muhim sifatlarini his etadi. Sezish muayyan narsa, 
voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi.
Idrok - sezish a’zolari orqali ongga ta'sir etib turilgan nar­
sa va hodisalarning unda (ongda] yaxlitligicha aks etish jaray- 
onidir,
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur 
ro'y beradi. Tasavvur inson ongida uzoq muddat saqlanib qol- 
adigan sezishlar va idrokning izidir. Yoki boshqacha aytganda, 
tasavvur sezgi a'zolariga qachonlardir ta’sir etgan hamda idrok 
qilingan narsa va voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy 
obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur zaxirasi boyib, 
ko'payib boradi. Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib 
topishida muhim rol o'ynaydi. Tasavvur muayyan umumlash- 
malarning mavjudligi bilan bog'liq. Sezish, idrok va tasavvur 
bilishning muhim tarkibiy qismlari bo'lsa-da, ular ham haqiqiy 
voqealikni bilish muammosini to'la hal etishmaydi. Bilish ja­
rayonining eng yuqori bosqichida tafakkur yuzaga keladi.
Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan ja- 
rayon yoki voqea, hodisa mohiyatini, munosabatlarning sa- 
babiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy borliqni 
chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov 
ta'limotiga ko'ra, assotsiatsiyalarining hosil bo'Hshidan iborat.
Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt ta­
fakkur uchun ikkinchi signal tizimi asosiy ahamiyatga ega.
Abstrakt tafakkur voqealik bilan o'zaro aloqada bo'lgan 
taqdirdagina inson bilimlari chuqurlashib boradi. Jonli mu-
16


shohada va abstrakt tafakkur birligigina bilimlarni haqiqiy va 
chuqur bilimlarga aylantiradi.
Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoli- 
yatiga asoslanishi kerak. Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qo­
nuniyatlarini ochib, o'z faoliyatida ulardan foydalanishga inti- 
ladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga 
qanchalik xizmat qilishi bilan belgilanadi. Nazariy amaliy faoli­
yat mohiyatidan kelib chiqib asoslanadi hamda amaliy faoliyat­
ning yaxshiroq yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Biroq, amali­
yot ayni vaqtda bilimning to'g'riiigini tekshirish vositasi ham- 
dir. Nazariy g'oya, fikr amaliyotda tekshirilgan va u orqali tas- 
diqlangandagina u inson bilimlarinmg muhim tarkibiy qismi- 
ga aylanadi.
Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va 
tafakkur asosida hosil bo'lishi va yana amaliyotga qaytib bo- 
rishida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta'kidiash joizki, bi­
lim amaliyotga o'zining ilgarigi ko'rinishida emas, balki ancha 
boyigan ko'rinishda, ancha yuqori darajada qaytib boradi. Biz 
bu holni sxema tarzida quyidagi holatda ko'rishimiz mumkin
Bilish jarayonida bilim hosil bo'ladi. Bilim-odamlarnmg ijti­
moiy tarixiy amaliyot jarayonida to'plagan umumlashgan tajri- 
basidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi. Eng to'g'ri 
va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki 
ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o'zgarib boradi.
Bilimlar asosida o'quvchilarning kuzatuvchanlik, tafakkur, 
xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e'tiqod 
hosil bo'ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g'oyalar 
tizimi tarkib topadi.


Ta'lim jarayonida biror fan sohasida insoniyat tomoni­
dan o'zlashtirilgan barcha bilimlarni o'rganish mumkin emas. 
Ta'lim jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar, fanlarning 
asoslari o'rganiladi.
Ta’lim muassasalarida o'rganiladigan o'quv predmetlari so­
ni o'z vazifalari va xususiyatlariga muvofiq tarzda ortib boradi. 
Bilimlarning amalda bir necha bor qo'llanilishi ko'nikmalarining 
hosil bo'lishiga olib keladi. Ko'nikma - bu o'zlashtirib olin­
gan bilimlar asosida amalga oshiriladigan va amaliy jihatdan 
maqsadga muvofiq harakatlarga tayyorlikda ifodalangan ong­
li faoliyatdir. Demak, ko'nikma muayyan faoliyatni tashkil etish 
yo'llari va usullarini bilib, o'zlashtirib olish hamda o'z bilimlari- 
ni amalda qo'llay olishdir.
Ko'nikmalar muayyan vaziyatdagina emas, balki dastlabki 
shart-sharoitlar o'zgargan vaqtda ham ma'lum xatti-harakatlar 
qilish (hosil bo'lgan tajriba asosida] qobiliyati bilan tavsiflanadi.
Ko'nikmalarni bilimlar bilan aralashtirib yuborish yara- 
maydi. Har qanday ko'nikma asosida bilim yotadi. Bilimlar fi- 
kr-mulohazalarda, ko'nikma esa xatti-harakatlarda ifodalana- 
di. Xatti-harakatlar aqliy yoki jismoniy bo'lishi mumkin.
Malaka - muayyan usul bilan bexato bajariladigan, o'rganib 
qolingan avtomatlashgan ongli harakatdir.
Malaka bir xatti-harakatning o'zini bir xil sharoitda ko'p 
marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik 
puxta bo'lsa, odam ishni shunchalik tez yo'lga qo'yadi.
Malakalar turlicha bo'ladi, chunonchi, o'quv malakalari -
o'qish, sezish, og'zaki hisoblash va boshqalar; mehnat malaka­
lari ish qurollari bilan ishlash, materiallar hamda texnika bilan 
muomalada bo'lish va hokazolar; harakat malakalari-yurish, 
yugurish va boshqalar. Ko'nikma kabi malaka ham egallangan 
bilimlar asosida hosil qilinadi. Ko'nikma va malaka o'rtasida 
farqli tomonlari ham bor. Xususan, o'quvchilar tomonidan 
o'zlashtirilgan ko'nikma va malakalar har xil tavsifida bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, bilim, ko'nikma va malaka- 
lar taTim jarayonida tarkib topadi. Ta'lim - dialektik tarzda


taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatli jarayon bo'lib unda 
ikki tomon o'quvchi va o'qituvchi ishtirok etadi. Ta'lim berish 
o'quvchilarga bilimlar berish, ularda ko'nikma va malakalar 
hosil qilish, yangi haqiqatlarni ochishga yo'naltirilgan ijodiy, 
mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin