“Yangi O‘zbekiston ustozlari” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №1
26
TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK MAHORAT VA ZAMONAVIY
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI XUSUSIDA
Abdullayeva Fazilat Hamroyevna
Xiva shahar 7-son maktab
matematika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Bu maqolada hamma zamonda ham ta’lim tizimida o‘zining
dolzarbligini yo‘qotmagan
pedagogik mahorat xususida, shuningdek XXI asr
ta’limining eng asosiy talablaridan biri bo‘lgan pedagogik
texnologiyalar haqida
fikrlar yuritilgan. Bu borada aytilgan shaxsiy fikrlar ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so‘z. Pedagogik mahorat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan biri ta’lim
jarayonida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘lash, tayyorgarlikning
modul tizimidan foydalangan holda ta’lim oluvchilarni o‘qitishni
jadallashtirish
sanaladi. Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini
qo‘llashga doir keng ko‘lamda ish olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-
nazariy
asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab
chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot
texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan
yordam ko‘rsatmoqda.
“Pedagogik texnologiya” so‘zlar birikmasining asosida “texnologiya”,
“texnologik jarayon” tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar
orqali sanoatda tayyor
mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat,
ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. I.Ya. Lernerning
fikriga ko‘ra, “Pedagogik texnologiya-o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish
natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”.
O‘zbekistonlik metodist B.L.Farberman pedagogik
texnologiyaga quyidagicha
ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya-ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo‘lib,
pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika
imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida
standart holga soladigan,
uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Polyak olimi
Dj.Bruner “O‘qitish texnologiyasi-bu o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi ma’lum
yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar sohasi” ekanligini e’tirof etdi. Tizimli
yondashish ta’siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik
texnologiya mohiyatiga
aniqlik kiritila borildi. Rus olimasi N.F.Talizina esa uning mohiyatini “belgilangan
o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat”, deb tushuntirdi.