-yagona davlat siyosatining asosiy yo'nalishlariga, shu
jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirishni
nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni,
shuningdek, ularni amalga oshirish
mexanizmlarini ishlab
chiqishga doir takliflarni ko'rib chiqish uchun Vazirlar
Mahkamasiga kiritadi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek,
Vazirlikka yuklangan vazifalar
va funksiyalarni bajarish
bilan bog'liq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar
Mahkamasiga kiritadi;
-Vazirlik
tizimiga
kiradigan
maktabgacha
ta'lim
muassasalarini rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi,
davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
- maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari
sifatli bajarilishini ta'minlash borasida maktabgacha ta’lim
muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'limga qo'yiladigan
davlat talablari,
maktabgacha ta'lim tizimi mutaxassislariga qo'yiladigan
malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil
etadi;
- maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatiga metodik
rahbarlik qiladi;
- tarbiyalanuvchilarning
yosh
va
psixofiziologik
xususiyatlarini hamda ularning o'zlashtirish imkoniyatlarini
hisobga olgan holda
ilmiy-texnik taraqqiyotdan, jamiyat
ehtiyojlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’limga qo'yiladigan
davlat talablari,
o'quv dasturlari,
darsliklar
uzluksiz
takomillashtirilishini tashkil etadi;
- shu jumladan, axborot texnologiyalarini va moliyaviy
nazoratning e'tirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish
yo'li bilan idoraviy mansub ta'lim
muassasalarida byudjet
qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga
qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
- rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini belgilaydi,
maktabgacha ta’limning holatini qiyosiy tahlil qiladi;
595
- maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'i
faoliyat
ko'rsatishining ta'lim bilan bog'liq va ijtimoiy samaradorligini
tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab
chiqadi;
- jurnallar, blankalar, o'quv-metodikkomplekslar,byulleten-
lar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli bo'lgan
o'quv qo'llanmalari e'lon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning
veb-sayti ishini tashkil etadi;
Dostları ilə paylaş: