34
mis qotishmalarini eritishda ishlatiladi. Elektr ta’minoti 50 Gs li tarmoqdan
maxsus pasaytiruvchi transformator orqali amalga oshiriladi.
Pechning
quvvat 100 MVA gacha borishi mumkin. Quvvat koeffitsient 0,85-0,92 ga
teng. Elektr ta’minoti uzluksizligi bo‘yicha II toifali iste’molchilar
turkumiga kiradi.
Elektroshlakli qayta eritish pechlarida qizdirish shlakdan elektr
tokining o‘tishi hisobiga bo‘lib, eritish esa elektr
yoyi issiqligi natijasida
amalga oshiriladi. Elektroshlakli qayta eritish yuqori sifatli po‘lat va
ularning qotishmalarini olishda ishlatiladi. Pechlarni ta’minlash 6-10 kV li
tarmoqdan
maxsus
pasaytiruvchi
transformator
orqali(ikkilamchi
kuchlanish 45-60 V) bajariladi. Ular bir yoki uch fazali bo‘lishlari
mumkin. Quvvat koeffitsienti 0,85-0,95 ga teng. Elektr ta’minoti
ishonchliliga bo‘yicha elektr shlakli qayta eritish pechlari I toifali
iste’molchilar guruhiga kiradi.
Elektr payvandlash qurilmalari
barcha korxonalarda mavjud bo‘lib,
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi qurilmalarga bo‘linadilar.
Texnologik nuqta nazardan payvandlash qurilmalarini kontaktli yoki yoyli
guruhlarga ajratish mumkin.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan payvandlash agregatlari o‘zgaruvchi tok
yuritgichli va o‘zgarmas tok generatorlaridan tuzilgan bo‘ladi. Bunday
qurilmalar uch fazali o‘zgaruvchan tokda
simmetrik yuklamani tashkil
etadi. Quvvat koeffitsient me’yoriy yuklamada 0,7-0,8 oralig‘ida bo‘ladi,
salt ishlaganda 0,4 dan oshmaydi. O‘zgarmas tokda ishlaydigan
payvandlash agregatlarini yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlar
asosida ham
bajarish mumkin.
O‘zgaruvchan tokdagi elektr payvandlash qurilmalari 50 Gs li
kuchlanishi 380, 220 V bo‘lgan tarmoqdan ishlaydilar.
Ularda bir fazali
payvandlash transformatori qo‘llaniladi va ish rejimi takroriy qisqa
35
hisoblanadi. Bitta qurilmaning quvvati 9-32 kVA oralig‘ida bo‘ladi.
Quvvat koeffitsienti yoyli payvandlash qurilmalarida 0,3-0,35 ni, kontaktli
payvandlashda esa 0,4-0,7 ni tashkil etadi. Elektr ta’minotining
ishonchliligi bo‘yicha II toifali iste’molchilar guruhiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: