uch chulg‘amli transformator deyiladi.
Agar transformatorda U
1N
2N
bo‘lsa –
oshiruvchi , U
1N
>U
2N
bo‘lganida esa –
pasaytiruvchi transformator deyiladi.
Kuch transformatorlariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari
ishonchlilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan
jahon bozorida yuksak raqobatbardosh bo‘lishi zarur . Shu sababli mazkur
transformatorlarga
quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi :
a ) ishlab chiqarishda
va ishlatishda tejamli bo‘lishi;
b ) ishlatishda ishonchliligi;
c ) isroflar
standartda belgilangan me’yordan oshmasligi;
d ) parallel ulash shartlarini
qanoatlantirishi;
e ) me’yordan ortiqcha qizib ketmasligi;
f ) kuchlanishni
rostlashga imkon berishi;
g ) transformatorni ishlatish jarayonida ayrim
sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan qisqa muddatli o‘ta kuchlanishlarga va
kam muddatli qisqa tutashuvdagi ancha katta bo‘lgan toklar ta’siriga
bardosh berishi zarur.
Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar standart
talablariga mos holda texnik shartlar bo‘yicha tayyorlanadi va elektr
energiyani o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajarish uchun
belgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi nominal kattaliklar
107
bilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda
transformatorga
mahkamlangan
pasport
taxtachada
quyidagilar
ko‘rsatilgan bo‘ladi:
Transformatorning to‘la nominal quvvati VA yoki kVA da
ko‘rsatiladi: