108
asosan boshlang‘ich kapital mablag‘ va yillik sarf-xarajatlar kiradi.
Korxona uchun kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlashda
ikki yoki ko‘p variantlar tahlil qilinib, ulardan eng ma’quli olinadi.
Variantlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi
formulalardan foydalaniladi:
B
А
A
B
C
C
K
K
Т
yoki
C
K
P
Z
nom
Bu yerda,
K
A
, K
B
- A va B variantlar uchun ketadigan boshlang‘ich
kapital mablag‘lar[ming so‘m];
C
A
, C
B
- ushbu
variantlar uchun yillik
ekspluatatsiya sarf–xarajatlar[ming so‘m/yil]; Z-yillik keltirilgan sarf-
xarajatlar; T-chiqimlarni qoplash muddati, bu davrda kapital mablag‘i katta
bo‘lgan variantda yillik eksplatatsiya sarf-xarajatlarning kamligi hisobiga
boshlang‘ich mablag‘ning qo‘shimcha chiqimlarni qoplanadi. T ga teskari
bo‘lgan miqdorni iqtisodiy samaradorlik koeffitsienti deyiladi:
Р
Т
1
Energetikaning hisob-kitob ishlarida chiqimlarning qoplash me’yoriy
(normativ) qiymati belgilangan. Shunga binoan,
Р
Т
1
- me’yoriy iqtisodiy samaradorligi koeffitsienti bo‘lib, uning
qiymatini 0,15 ga teng deb qabul qilingan. U holda chiqimlarni
qoplashning me’yoriy muddati
67
,
6
1
’
т
Т
- yilni tashkil etadi.
109
8.2-rasm. Kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlash.
Korxona elektr ta’minoti tizimidagi transformatorlar tanlanganda
ularning ikkita yoki uchta standart quvvatli bo‘lishiga erishish maqsadga
muvofiqdir. Bunda zahiridagi
transformatorlar soni kamayib, buzilganini
almashtirishni osonlashadi.
35 kV va undan katta kuchlanishli podstansiyalarning sxemalarida
yuqori kuchlanishli tomonlarida o‘zgichlar ishlatilmasa ta’minot tizimi
katta
miqdorda
arzonlashadi.
Barcha
chekka
podstansiyalar
loyihalashtirilganda yuqori kuchlanishli qismiga uzgichlar o‘rniga qisqa
tutashtirgichlar va ajratgichlar qabul qilish tavsiya etiladi. Sex
podstansiyalarida transformatorlarni yuqori kuchlanishli liniyalariga
ayrgichlar
yoki
ayrgich-saqlagichlar
yoki yuklamani o‘chirgich-
saqlagichlar orqali ulash to‘g‘ri bo‘ladi.
BPP va MTP lardagi trasformatorlar soni elektr ta’minotiga bo‘lgan
ishonchlilik darajasi bilan aniqlanadi. Ko‘rsatilgan
tasvirda bir va ikki
transformatorli podstansiyaning sxemalari keltirilib, ularda yuqori
kuchlanishli ayrgich, uzgich, transformator kichik kuchlanishli uzgich va
ayrgichlar ketma-ket ulangan.
Keltirilgan sxemalardan ikkinchisi iste’molchilarni elektr energiyasi
bilan ta’minlashda ishonchli hisoblanadi. Bir transformator ishdan chiqsa
ikkinchisi buzilgan transformatorni ta’mirlash
yoki almashtirishga
ketadigan vaqt oralig‘i uchun 100% li ishonchilikni ta’minlaydi.
Birinchi
toifali
istemolchilarni
ikkita
transformatorli
podstansiyalardan ta’minlash zarur bo‘lib, har bir transformator ayrim
shina seksiyalariga ulanishi kerak. Kichik kuchlanishli ishchi shinalar
seksiyalari ham alohida saqlanadi. Bu esa kichik kuchlanishli
tarmoqlarning ish sharoitlarini yaxshilab, Q.T. tokining miqdorini ikki
marotaba kamaytiradi.
110
Ikkinchi toifali iste’molchilarni ikki
trasformatorli yoki bir
transformatorli podstansiyadan(zahiridagi transformatorni biror soat
davomida almashtirish imkoni bo‘lganda) energiya bilan ta’minlash
mumkin.
Uchinchi toifali iste’molchilar zahirada transformator mavjud
bo‘lganda, bir transformatorli podstansiyaga ulanishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: