119
4.
Iste’molchilarni toifasiga qarab transformatorlarni
yuklanish
koeffitsientlari qanday miqdorda olish tavsiya etiladi?
9-BOB. ELEKTR ENERGIYASINING SIFAT
KO‘RSATKICHLARI
9.1. Elektr energiyasining sifati tushunchasi.
Elektr energiya iste’molchilari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni
ma’lum bir sharoitlardagina to‘la-to‘kis bajarishlari mumkin.
Bunday
sharoitlarni belgilovchi parametrlar
elektr energiya sifati
deb yuritiladi.
Sifat belgilarining istalgan tomonga og‘ishi energiyadan chala
foydalanishga sababchi bo‘ladi.
Shuningdek, elektr qurilmalari va
jihozlardan foydalanmaslikka va ishlab chiqarilayotgan
mahsulot kam
bo‘lishiga va boshqalarga sababchi bo‘ladi.
Elektr energiyasi sifat muammosini hal qilishda iqtisodiy, matematik
va texnik aspektlar ko‘rilishi kerak. Iqtisodiy aspekt o‘ziga elektr
ta’minotida sifatsiz energiya iste’mol qilgandagi
zararlarni hisoblash
usullarini yaratishni ko‘zda tutsa, matematik aspekt sifat ko‘rsatkichlarini u
yoki bu usullar bilan hisoblashni, texnik aspekti
esa texnik vosita va
tadbirlarni yaratib, sifatini ko‘tarishni va sifat belgilarini nazorat hamda
boshqaruv usullarini yaratish va ishlab chiqarishni qamrab oladi.
Umuman olganda, “Elektr energiyasi sifati” deganda,
energiya
tizimning asosiy parametrlarining o‘rnatilgan normadagi qiymatlarga
to‘g‘ri kelishi va shu qiymatlar bilan energiyani ishlab chiqarish, uzatish va
taqsimlash tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: