Elektr tarmoqlarini kuchlanishini tanlash bo‘yicha tavsiyalar.
138
1000 V dan katta bo‘lgan tarmoqlarda kuchlanish tanlash bo‘yicha
tavsiyalar.
Sanoat korxonaning elektr ta’minoti sistemasi uchun ratsional
kuchlanish qiymatini topish deganda, shunday standart kuchlanishning
darajasi ko‘zda tutiladiki, unda elektr ta’minoti sistemasi mumkin bo‘lgan
minimal yillik hisobiy mablag‘larning sarf harajati bo‘lishi kerak.
Kuchlanish tanlash masalasini, butun elektr ta’minot sxemasi
masalasidan ajralgan holda hal qilib bo‘lmaydi. Kuchlanish tanlash butun
elektr ta’minot sistemasiga bog‘lab amalga oshiriladi. Buning uchun har
xil qiymatlardagi kuchlanishga ega bo‘lgan alohida zvenolarning elektr
ta’minot sxemalari hisobga olinadi va kuchlanish tanlash masalasi
variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash yo‘li bilan kompleks holda
yechiladi.
Ta’minlovchi liniyalarning kuchlanish tanlashdagi texnik-iqtisodiy
hisoblari quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) Manbadan ikki va undan ortiq kuchlanish olish mumkinligida;
b) Katta quvvat iste’mol qiladigan, katta korxonalarni loyihalashda,
mavjud tuman nimstansiyalari, elektrstansiya va tizimlarni mumkin qadar
kengaytirish yoki yangilarini qurish zaruriyatini kelib chiqishidan;
v) Korxona elektr stansiyalarini rayon tarmoqlari bilan aloqasini
loyihalashda.
Kuchlanish tanlash masalasiga elektr iste’molchilarning nominal
kuchlanishi jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kuchlanish tanlashda elektr energiyani pog‘onalarini minimum
bo‘lishiga harakat qilish kerak. Buning uchun birinchi pog‘onada zavod
ichidagi kuchlanishi 220 V gacha bo‘lgan tashqi tarmoqning chuqur kirib
borgan liniyalar orqali bajarilishni ta’minlash zarur.
139
10.1-jadval
Dostları ilə paylaş: |