136
ularni har qanday toifadagi iste’molchilarni energiya bilan ta’minlashda
ishlatish
mumkin.
Ichki
ta’minot
sxemalari
keng
tarmoqlanganli
sababli
ko‘plab elektr liniyalari va
apparatlar ishlatiladi, bu esa
elektr ta’minoti tizimiga katta
texnik-iqtisodiy
talablarni
qo‘yadi.
Radial
sxemalarda
elektr energiyasi BPP yoki
MTP dan to‘g‘ridan to‘g‘ri sex podstansiyalariga uzatiladi. Bunday
sxemalar moslanuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, ekspluatatsiyada qulay
hisoblanadi. 4.10a sxemani III toifali, 4.10b sxemani esa ikkinchi toifali
iste’molchilar uchun ishlatish mumkin. Ikkinchi sxema uchun elektr
ta’minotidagi tanaffus 1-2 soatdan oshmaydi. Ushbu rasmda ko‘rsatilgan
sxema birinchi toifali iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, elektr
ta’minotidagi uzilish zahirani avtomatik ulashga(ZAU) ketadigan vaqt
bilan belgiladi. Tanishilgan sxemalar bir pog‘onali hisoblanadi va o‘rta,
katta bo‘lmagan quvvatli korxonalarda markazdan har tomonga tarqalgan
gujlangan iste’molchilarni (nasos stansiyalari, pechlar, o‘zgartirish
qurilmalari, sex podstansiyalari) energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi.
Radial sxemalar manbadan sex podstansiyalarining yig‘ma shinalarigacha
bo‘lgan oraliqdagi elektr ta’minoti sxemasini seksiyalash imkonni beradi.
Dostları ilə paylaş: