“Har bir ilmiy ma’lumotli pedagog - psixologdir”. K.D.Ushinskiy Bartaraf etilishi zarur psixologik muammolar borki, konsultant ko‘magida
ishning amalga oshirilishi muayyan darajada mijoz hayotiy holatini
yengillashtirishga yordam berishi mumkin:
Ular quyidagilar: 1) mijozni diqqat bilan tinglash, unga ko‘nglidagi bor dard- hasratini aytib olishga imkon yaratish; 2) qayer, qaysi bosqich, instansiyaga, nima uchun murojaat qilish borasida malakali mutaxassis maslahatini berish; 3) mutaxassis yordam berishi uchun eng kamgap mijozga ham uning farzandi borasidagi batafsil ma’lumotlarni aytishiga imkon yaratish; 4) mijozning o‘z farzandi bilan me’yor doirasidagi, risoladagidek munosabatlarni yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish. Bunday mijozning hikoyasini eshitgan mutaxassis psixologik yordam ko‘rsatishni qiyinlashtiradigan kamida uch jihat mavjudligiga e’tibor qaratishi lozim: 1) muammo mavjudligi to‘g‘risida nafaqat ota-ona, balki farzand ham o‘ylayotganligi xususida ishonch bilan ayta olish; 2) mijoz uning konsultatsiya yoki yordami vaziyatni o‘zgartira oladigan darajada obro‘, nufuzga ega emasligi; 3) psixologda hayotiga ta’sir ko‘rsatish so‘ralayotgan shaxs bilan aloqa, muloqotga kirishish imkonining yo‘qligi. Mijozning boshqa inson (garchi u farzandi bo‘lsa-da) hayoti, ishlariga aralashishga urinishi shubhali tuyulishi zarur: uning psixolog huzuriga kelishiga rostdan ham bayon qilgan muammosi sababmi yoki bu yerda boshqa gap bormi? Ushbu vaziyatda konsultantning vazifasi suhbatni boshqa o‘zanga burib, mijozning o‘zi ham
58
ko‘pincha anglayvermaydigan, aytavermaydigan sabablarni topishga harakat qilishida namoyon bo‘ladi.