Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Farzand masalasi bo‘yicha psixolog huzuriga kelgan ota-onaning 
qanday shaxsiy muammolari bo‘lishi mumkin? 
1. Hafsalasizlik, shavqsizlik, tushkunlik holatiga tushish, o‘zining 
hech kimga keraksizligi, boshqalar, farzandlariga nisbatan xafagarchilik 
tuyg‘usini his etish (“Mana, qarib hech kimga keragim bo‘lmay qoldi”). 
2. O‘z imkoniyatlari, salohiyatini to‘liq amalga oshirolmaganligi
omadsizligining farzandlari hayotida takrorlanishidan qo‘rqish 
(“Farzandlarim mening xatolarimni takrorlashmasin”). 
3. Ota-onalik vazifalarini to‘liq bajarolmagani, farzandiga bolaligida 
yetarli darajada e’tibor qaratolmaganidan aybdorlik hissini sezish, shu 
aybini yuvishga harakat qilish. 
4. Chuqur mazmunga ega turli qo‘rquv, fobiyalar va h.k. 
Mijoz muammosiga boshqa nuqtai nazardan qarash, murojaat sababi 
farzandlar emas, uning o‘zi ekanligini anglatish – suhbat jarayonidagi muhim 
qadamdir. Lekin ayni sharoitda mijozda uni majburlab, nega kelganligini tan 
oldirishgani to‘g‘risidagi noxush tuyg‘u uyg‘onmasligi kerak. Mijozning o‘z 
shaxsiy muammosini muhokama qilishga o‘tish jarayonida psixolog quyidagi 
takliflar asosida ish yuritishi mumkin: “Voyaga yetgan, yoshi katta farzandlar 
to‘g‘risida bunchalik jon kuydirish shartmikan, undan ko‘ra o‘z 
muammolaringiz to‘g‘risida suhbatlashsak bo‘lmaydimi?” yoki “Ular uchun 
ko‘p ishlarni amalga oshirib qo‘ygansiz, endi o‘zingizni o‘ylashingiz 
kerakmasmikan?”. 
Bunda mijozdagi ijtimoiy ma’qullanish, qo‘llab-quvvatlanish hissi 
mavjudligi psixologning ishini osonlashtiradi. Chunki, ko‘pchilikda shakllangan 
tushunchaga ko‘ra, faqat o‘zi va oilasi to‘g‘risida o‘ylaydigan odam 
boshqalarga qizig‘i yo‘q, tund, odamovi, xudbin inson hisoblanadi. Ahamiyatli 
shaxs – psixolog nazarida shunday taassurot qoldirishni esa mijoz umuman 
istamaydi. Biroq mutaxassis mijozni qiziqtiradigan mashg‘ulotlar borligini 


60
eshitibgina qolmasdan, uni o‘z hayotiga nisbatan faol munosabatda bo‘lishga, 
qiziqarli yumushlari bilan shug‘ullanishga undashi zarur. Biror ishga faollik 
bilan kirishish kafolati sifatida hamkorlikda faoliyat yuritish imkoni mavjud, 
qiziqish, dunyoqarash mushtarak sherikning borligi muhim ahamiyat kasb 
etadi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin