Mahalla va oila


normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan 
2 ta qonun
,
1 ta 
Prezident qarori, 
4 ta 
Prezident Farmoni, 
13 ta 
Vazirlar Mahkamasi qarori 
qabul qilindi. Jamiyatda o‘z o‘rni, ovozi, mavqei va hurmatiga ega 
bo‘lgan muvaffaqiyatli ayollarning hayot tajribasini ommalashtirish 
maqsadida 
www
.
genkom.uz
 sayti yaratildi.
Oilaviy, maishiy, psixologik, jismoniy, jinsiy-seksual tazyiq va zo‘ravonlik 
tarixiy-ijtimoiy hodisadir. Zo‘ravonlik, xususan oiladagi va maishiy zo‘ravonlik 
turli xalqlarda, turli davrlarda mavjud bo‘lgan, u oddiy odamlar hayotida ham, 
yoki mashhur va boy odamlar hayotida ham sodir bo‘lishi mumkin, ya’ni 
zo‘ravonlik turli ijtimoiy tabaqalar ichida uchraydi. Biroq oiladagi uzoq davr 
mobaynida davom etadigan surunkali ishsizlik, moddiy muammolar, 
yetishmovchilik, yo‘qchilik, kambag‘allik, depressiya, qiyinchilik va undan 
chiqib keta olmaslik kabilar oiladagi agressiyaning ortishiga sabab bo‘lishi 
mumkin va zo‘ravonlik orqali o‘z manfaatlari ifodasini yuzaga keltirishi 
mumkin.
Iqtisodiy muammolar: pul yetishmovchiligi; qarz; ishsizlik
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy funksiyalaridan biri 
hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik 
xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so‘ng olinadigan 
narsalarga mablag‘ yig‘ish, tejamli ro‘zg‘or yuritish er-xotinning katta tajriba, 
malakaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Shuningdek, oilada o‘sayotgan farzand ham 


62
mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan 
holda o‘g‘il-qizga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim.
Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy 
foyda keltiradi. Ayniqsa, kelajak avlodni tarbiyalashda jamiyatga keltiradigan 
ham ma’naviy ham iqtisodiy foydasi benihoya kattadir. Bu oila iqtisodiy 
funksiyasining atigi bir shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko‘rsatadi, xolos. 
Oilada xo‘jalik yumushlarini yuritish, ro‘zg‘orning yo‘lga qo‘yilishi, moddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo‘jaligi, shaxsiy ishlab chiqarishning 
yuritilishi kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi va ahamiyatini 
tobora orttiraveradi. 
Oilada iqtisodiy muammolarning kelib chiqishi, ya’ni er yoki xotinning 
kelishgan holda ishlamasligidir. Eng asosiysi ish o‘rinlarining kamligi 
ishsizlikni keltirib chiqarmoqda. Pulning yetishmasligi bu o‘z-o‘zidan oiladagi 
har xil muammolarni, ya’ni qarz olishga majbur bo‘lish, urish, janjal, kasallik 
va nosog‘lom muhitda farzandlarning tarbiyalanishi kabi salbiy holatlarni 
keltirib chiqarmoqda. 
Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. 
Jumladan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida 
to‘lanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan 
shaxslarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida to‘lanadi).
 
Aholining bandligini ta’minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida 
belgilandi. Jumladan: 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin