62
mana shu malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lib borishi zarurligini unutmagan
holda o‘g‘il-qizga iqtisodiy masalalarni hal etishni o‘rgata borish lozim.
Oila o‘zining shu funksiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy
foyda keltiradi. Ayniqsa, kelajak avlodni tarbiyalashda jamiyatga keltiradigan
ham ma’naviy ham iqtisodiy foydasi benihoya kattadir.
Bu oila iqtisodiy
funksiyasining atigi bir shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko‘rsatadi, xolos.
Oilada xo‘jalik yumushlarini yuritish, ro‘zg‘orning yo‘lga qo‘yilishi, moddiy
ne’matlar ishlab chiqarish, fermer xo‘jaligi, shaxsiy
ishlab chiqarishning
yuritilishi kabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funksiyasi va ahamiyatini
tobora orttiraveradi.
Oilada iqtisodiy muammolarning kelib chiqishi, ya’ni er yoki xotinning
kelishgan holda ishlamasligidir. Eng asosiysi ish o‘rinlarining
kamligi
ishsizlikni keltirib chiqarmoqda. Pulning yetishmasligi bu o‘z-o‘zidan oiladagi
har xil muammolarni, ya’ni qarz olishga majbur bo‘lish, urish, janjal, kasallik
va nosog‘lom muhitda farzandlarning tarbiyalanishi kabi salbiy holatlarni
keltirib chiqarmoqda.
Qonun bilan Mehnat kodeksiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida
to‘lanishi belgilandi (amalda ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan
shaxslarga 13 hafta, boshqa toifadagilarga 26 hafta mobaynida to‘lanadi).
Aholining bandligini ta’minlashga oid qator masalalar Qonun darajasida
belgilandi. Jumladan:
Dostları ilə paylaş: