Suhbatning bu darajasiga o‘tishda quyidagilarga tayanish tavsiya etiladi: a) mijoz hikoyasida ifodalangan dalil va asoslarga; b) suhbat olib borishning muayyan usullariga; v) mijoz xususidagi farzandlari yoki turmush o‘rtog‘i fikriga. Mijoz tomonidan bayon qilingan muammoli vaziyatlarni aniqlashtirish
jarayonida mijozning o‘zi aytayotganlari bo‘yicha yetarli darajada axborot,
ma’lumotga ega emasligini anglab boradi. Dastlab farzand muammosiga
qaratilgan diqqat, asta-sekin mijozning shaxsiy muammolariga ko‘cha
boshlaydi. Biroq psixolog, yaxshi anglaydigan bunday muammo, holatni, ota-
onalarning o‘zlari yaqqol tushunadilar, deb ham bo‘lmaydi. Shuning uchun
mijoz psixologga murojaatining asl sababini o‘zi his etishi, anglashi maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun mutaxassis faol pozitsiyani egallashi, suhbatni olib
borishning muayyan usullaridan foydalanishi, misol uchun mantiqsiz, pa-
radoksal ko‘rinishdagi quyidagi savollarni berishi tavsiya etiladi: “Nega Sizni
farzandingizning muammolari tashvishlantiryapti?” yoki “Uning ishlariga bu
qadar aralashish, qiziqish haddan tashqari noo‘rin emasmi?” Refleksiyaga
moyil bo‘lmagan, farzandi ishlariga har qanday darajada aralashish tabiiy
tuyuladigan mijoz bilan suhbat mobaynida boshqacha yo‘l tutsa ham bo‘ladi.
Konsultant : Sizga yaqin tanishlaringiz yoki farzandingizning o‘zi u haqda haddan tashqari xavotirlanishingiz to‘g‘risida gapirishmaganmi? Mijoz : Undan boshqa kim haqda qayg‘urishim lozim? (yoki: Siz balki unga aytishim zarur bo‘lgan biror narsani maslahat berarsiz, natijada farzandim meni hurmat qilib qolsin). Konsultant : Haqiqatan ham hayotingizda boshqa tashvishlanadigan jihat yo‘qmi? (yoki: Farzandingiz hurmat qilishi Sizga shunchalik zarurmi?)
59
Bunday dialog doirasida murojaatning asl sababini oydinlashtirish
imkoni bor. Oxir-oqibatda murojaat zamirida albatta murojaat qiluvchi shaxs,
mijozning muammolari turadi.