Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Xiyonat
- inson zamonaviyligini yorqin namoyondasi, “zanjirband” 
bo‘lgan insonga yetishmoq, ozod sevgi tantanasi, g‘alabasi; 
Xudbinlik
- o‘zini huzur halovatini o‘ylab, mazza qilib o‘zi uchun, 
yashashdir. “Zanjirband” qiluvchi oila, rohatni buzuvchi farzand, keragi 
bo‘lmay qolgan ota-ona uchun umuman qayg‘urmaslik. 
Ommaviy madaniyat” o‘zi nima?”
degan savolga, bu hamma uchun 
bir xil ko‘rinishdagi, bir xil qolipdagi, o‘zini, o‘zligini yo‘qotish evaziga 
erishilgan bir holatdir deyish mumkin. 
“Men tashqaridagi bo‘rondan qo‘rqib, derazamni yopib qo‘ya 
olmayman, chunki menga toza havo kerak. Shu bilan birga, toza havo 
kerak ekan deb derazamni katta ochib ham qo‘ya olmayman, chunki 
meni uyimni chang-to‘zon bosib ketishini xohlamayman”.
 
Mahatma Gandi 


68
 
 “Ommaviy madaniyat”ning ba’zi bir ko‘rinishlariga to‘xtalib 
o‘tamiz:
 
Starizm
– sub’ektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari
aktyorlar, sportchilar, mashhur insonlar, televideniya va radio boshlovchilarini 
ilohiylashtirish. 
Badanga turli xil shakllarni chizish va chizdirish Islom dinida katta gunoh 
hisoblanadi, deyiladi.
Zo‘ravonlik
- bu insonga yetkaziladigan har qanday jismoniy, ma’naviy, 
ruhiy, moddiy tazyiqlar sirasidan joy oladi, kiradi. Jumladan, o‘ziga nisbatan 
tazyiq o‘tkazish ham zo‘ravonlik sanaladi. Bu kabi ko‘rinishdagi holatlar 
hozirgi kunda keng avj olib bormoqda. Uning namoyishlari ham turlicha bo‘lib, 
bular: 
Xeppining
(vahshiyona “ko‘ngil ochish”lar). Bu kabi voqealar bizning 
mamlakatimizda deyarli kuzatilmaydi. Lekin “ommaviy madaniyat”ning 
mahsuli bo‘lgan film va o‘yinlarning sarhadlarimizdan yashirinib, sezdirmay 
kirib kelishi va ularni yosh avlod tomonidan qabul qilinishi Vatanimizda ham 
xeppining paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun ogoh 
bo‘lishimiz darkordir. 
Nigilizm
lotincha “hech nima”, “hech narsa” so‘zidan olingan. Nigilizm - 
jamiyatning axloqiy, ma’naviy norma va ustunlari, umume’tirof etilgan tarixiy 
va madaniy qadriyatlarning inkor etilishi, shuningdek, ularga nisbatan mutlaqo 
salbiy, o‘ta tanqidiy munosabatda bo‘lish; muayyan hodisaga bir yoqlama, 
kelishuvni rad etgan tarzda munosabat bildirish; buzg‘unchilik g‘oyalarini 
o‘zida ifodalash va targ‘ib qilish. 
Dunyo haqidagi ishonchli bilimlarga erishish mumkinligini shubha ostiga 
oluvchi ta’limotlardan biri 
skeptitsizmdir.
U bilim, tajribadan ko‘ra hissiy idrokni 
ustun qo‘yish va shu asosda ish tutishdir, ya’ni o‘zlarining his-tuyg‘ulari 
asosida ish ko‘rishni eng maqbo‘l yo‘l deb biluvchilar. 
Vandalizm
- madaniy yodgorliklarni, qadriyatlarni vahshiylarcha vayron, 
oyoq osti qilish, yo‘qotish; madaniyatsizlik, jaholat, nodonlikni bir ko‘rinishidir. 


69

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin