Ommaviy madaniyat -
hozirgi davrning yoshlari o‘ziga xos bo‘lgan
“Tushunchalar urushi” sharoitida, ularning keskin tus olgan vaqtida
yashamoqdalar. G‘arbdan kirib kelgan, haqiqiy madaniyatga umuman aloqasi
bo‘lmagan, “Ommaviy madaniyat” atalmish, bu ajnabiy holat barchani bir
tusga, bir qolipga, bir xil ko‘rinishga, bir xil fikrlashga, bir xil turmush tarziga
66
odatlantirishga, urf-odatlarimizdan, mentalitetimizdan yuz o‘girtirishga
chiranmoqda, ota-bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan
narsalarini “qora” deb uqtirishga harakat qilmoqda.
Bu “ommaviy madaniyat” deganlarining lug‘atiga, ya’ni ushbu
“madaniyat” targ‘ib va talqin qilayotgan so‘zlarning mazmun-mohiyatiga bir
nazar tashlasak hammasini ayon bo‘ladi. Masalan:
Isrofgarchilik
- boylik, to‘kin-sochinlik, hashamat, dabdaba belgisi;
Yoshlik
- tez o‘tib ketadigan, lazzatlanib, rohatlanib, o‘ynab, kulib, kayf-
safo, aysh-ishrat, maishat, har xil beboshliklar, bema’nigarchiliklar,
nomaqbulchiliklar qilib qoladigan va qilinishi kerak bo‘lgan vaqt;
Vafo, sadoqat
- feodallar tuzumidan qolgan, umuman qizig‘i, keragi,
foydasi yo‘q eskilik sarqitlari;
Fohisha
- hirsli, his-tuyg‘uga limmo-lim, jozibali, latofatli, juda kerakli,
bahosi yo‘q xodima;
Hayo, ibo
- madaniyatsizlik, ma’naviyatsizlik va keragi yo‘q bir mavhum
tushunchalar;
Insof qilish
– imkoniyatni, fursatni boy berish, chuv tushib, g‘aflatda
qolish;
Saxovat
- mablag‘ni, ya’ni g‘amlab qo‘yilgan boylikni, sarmoyani hech
qanday maqsadsiz sovurish;
67
Yaxshi ota
- bola qo‘liga katta miqdordagi pulni berib qo‘yib, barcha
xohish - istaklarini ruyobga chiqaradigan, ulkan imkoniyatlar yaratib bergan
yaxshi sherik;
Yomon ota
- bolasiga pul emas, aksincha, ta’lim-tarbiya, bilim, odob-
axloq, malaka egallashga, ko‘nikma hosil qilishga ko‘maklashuvchi, tergab
turuvchi, kezi kelganda jazolovchi yomon sherik;
Oila
- shaxsga xohlagan ishini qilishga to‘sqinlik qiluvchi, bema’ni,
keraksiz majburiyatlarni yuklovchi, ko‘ngilxushliklarini, kayf-safosini erkinligini
bo‘g‘uvchi, besh kunlik dunyoda yayrab, o‘ynab qolish kerak, degan aqidaga
g‘ov bo‘luvchi iskanja, zanjir;
Dostları ilə paylaş: |