Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

psixologik tuzatish
ishlari orqali bartaraf etilishi lozim.
Unda o‘rganilayotgan shaxsning ma’lum bir faoliyatlarni maqsadga 
muvofiq amalga oshirishiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan ayrim sifatlari 
ko‘rsatiladi, ularni bartaraf etish yuzasidan 
psixologik maslahatlar
beriladi. 
Psixologik maslahatlar berishda boshqa bir qancha ilmiy manbalardan 
olingan ma’lumotlardan, psixologning, mutasaddi xodimning hayotiy tajribasi, 
kasbiy mahorati va boshqa shu kabi manbalardan foydalanish ham mumkin, 
lekin bu o‘rinda hal qiluvchi manba bo‘lib, shu maslahat berilayotgan odam, 
er, xotin, qaynona, kelin, farzand, yosh xodim va boshqalarning o‘zidan, 
psixodiagnostika yordamida olingan ma’lumotlar asos bo‘lishi (xizmat qilishi) 
kerak. Ya’ni shu 
odamning o‘zidan olib 
-
o‘ziga qaytarish
maqsadga 
muvofiq.
Psixoprofilaktikada
psixodiagnostika orqali aniqlangan ma’lumotlarga 
asoslangan holda shaxsda mavjud bo‘lgan ijobiy va salbiy xislatlar qanday 
natijalarga, oqibatlarga olib borishi mumkinligi haqida mulohaza yuritiladi. 
Ro‘y berishi ehtimoli bo‘lgan salbiy holatlar, vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha 
tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ogohlantirishlar beriladi, yo‘nalishlar 
belgilab olinadi.
Nihoyat psixologik xizmatning so‘nggi yo‘nalishi bu 
psixologik oqartuv 
(ma’rifat)
ishlarini olib borishdir
. Ma’lumki, hamma odamlar ham 
psixologiyaga qiziqavermasligi yoki o‘zining kasb faoliyati xarakteridan kelib 
chiqqan holda psixologiya fani yutuqlari, psixologik ta’limotlar, amaliy 
psixologiya imkoniyatlaridan bexabar, bular haqidagi ma’lumotlarga duch 
kelmagan bo‘lishi, yoki ularning bu haqdagi tasavvurlari noadekvat bo‘lishi 
mumkin. Psixologik oqartuv ishlarini olib borish esa odamlarni shu 
ma’lumotlardan xabardor qilish, aholi o‘rtasida psixologik bilmlarni targ‘ib 
qilish, ularning psixologik savodxonligini oshirish, psixologik ma’rifiy ishlarni 
yo‘lga qo‘yilishini taqozo qiladi. Uning samaradorligi, shubhasiz, psixologik 


57
xizmatning yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlari natijalariga qanchalik 
asoslanishga bog‘liq. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin