Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

“motivlar kurashi”
jarayoni ro‘y 
beradi. Motivlar kurashi o‘z navbatida insonda iroda aktining asosiy 
ko‘rinishlaridan bo‘lmish, 
“irodaviy zo‘r berish”
holatini yuzaga keltiradi. 
Irodaviy zo‘r berish holatida esa, shubhasiz irodaning 
undovchi
va 
tormozlovchi
funksiyalari ishga tushadi. Bu o‘rinda qaysi motivning shaxs 
uchun “ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lsa”, irodaning undovchi funksiyasi 
shaxsni shu faoliyatni amalga oshirishga yo‘llaydi (undaydi). Irodaning 
tormozlovchi funksiyasi esa, shaxsni ko‘zlagan maqsadiga erishishiga halaqit 
qilishi mumkin bo‘lgan xohish istaklari, motivlarini to‘xtatib turadi. 
“Analitik psixologiya”
ta’limoti asoschisi, g‘arbning atoqli psixolog 
olimlaridan biri Karl Gustav Yung (1875-1961), o‘zining “Psixologik tiplar” 
kitobida, faoliyat motivlari, asoslari, shaxsni u yoki bu faoliyatga undovchi 
kuchlar haqidagi muammoni muhokama qilar ekan, Z.Freydning “libido” 
tushunchasini yanada kengroq talqin qilib, “libido” deganda inson qalbidagi 


53
jarayonlar faolligini belgilaydigan ruhiy quvvatni tushunadi. Bu quvvat, 
Yungning ta’kidlashicha, inson ruhiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini 
aks ettiradigan ichki holat bilan bog‘liq. 
Yung ongsizlik masalasini talqin qilishda “arxetip” tushunchasidan 
foydalanadi. “Arxetip” deganda u butun insoniyatga xos ichki immanent
3
xususiyatlarni tushunadi. “Arxetip” shunday simvolik-timsoliy formulaki, 
anglanmagan holatda ishga tushadi va 
hech qachon anglanmaydi”
4

Shuning uchun ham, odam hamma vaqt ham va har bir ishda o‘z xatti-
harakatlarining haqiqiy “asosini” tushunib yetmasligi, adekvat izohlab bera 
olmasligi mumkin. 
Odam o‘z faoliyati motivlarini anglashi ham, anglamasligi ham mumkin. 
Bu o‘rinda anglanmagan motivlar nisbati ko‘proq. Bu nisbat tahminan qancha 
bo‘lishi mumkinligi bizga yaxshi tanish (ba’zi manbalarda 1/4 dan 1/7 hatto 
1/9 gacha ham deb yuritiladi). Agar psixologik adabiyotlarni mutolaa qilib 
mavzuga oid materiallarni o‘rganadigan bo‘lsangiz, yanada ahamiyatliroq, 
yanada zarurroq ma’lumotlarni o‘zlashtirishingiz mumkin. 
Biz yuqorida oilaga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi xodim uchun kerak 
bo‘ladigan psixologik bilimlardan ayrimlari ustida to‘xtalib o‘tdik xolos. Bu 
ma’lumotlardan nafaqat aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 
uchun, balki har qanday soha vakili, ayniqsa oila a’zolarini o‘rganishda ham 
foydalanish mumkin. Chunki, bunda o‘rganilayotgan ob’ekt va predmet 
xususiyatlarining umumiy qonuniyatlari, umumiy mexanizmlari haqidagi 
ma’lumotlar berilgan. Ulardan ayrim detellarni bilish uchun foydalanish 
maqsadga muvofiq. Buni “ummondan tomchi” deyish mumkin. Biroq, inson 
omili bilan ishlaydigan har bir xodim, ayniqsa aholiga psixologik xizmat 
ko‘rsatish sohasidagi har bir kadr o‘z ustida tinimsiz ishlashi, bu kabi bilimlarni 
muntazam o‘zlashtirib borishi lozim. Bu ham davr, ham kasb taqozosi! 
 
3
Имманент 
– 
имманент, ички (бирор
-
ҳодисанинг ички хусусиятига хос бўлган, унинг 
табиатидан келиб чиқадиган). 
4
Рўзматова Г. Қалб қатламлари //Тафаккур. № 4. 2009. 
– 
Б.56.


54
👉👉

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin