Mahalla va oila


Milliy brend shakllanmoqda



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Milliy brend shakllanmoqda 
Ma’lumki, muayyan davlatni xalqaro miqyosda ikki yo‘l bilan, ya’ni 
mamlakat brendini yaratish hamda shu asosda milliy tovarlar va xizmatlarni 
keng ishlab chiqarish orqali targ‘ib qilish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, 
muvaffaqiyatli brendni yaratish “iqtisodiyotning olti burchagi” deb ataladigan 
hamda o‘zaro bog‘langan oltita sohani rivojlantiradi. Bular turizmni 
rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, ichki va tashqi siyosatni 
faollashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, mamlakat madaniyatini targ‘ib qilish 
hamda aholi farovonligini yuksaltirishdir. 
O‘zbekiston jahon bozorida milliy brendni ilgari surish bo‘yicha ulkan 
imkoniyatlarga, zaxiralarga ega. Xususan, xalqimizning boy madaniy merosi, 
yurtimizning barqaror rivojlanib borayotgani, mehmondo‘st xalqimiz, 
zamonaviy infratuzilmalarga ega shaharlarimiz bu borada bizga qo‘l kelishi 
mumkin. Milliy brendni shakllantirishda davlat, biznes va jamiyat hamkorligi 
muhim o‘rin tutadi. Chunki aynan ishbilarmonlar xorij investitsiyasini jalb qilish 
va mamlakatimiz mahsulot hamda xizmatlarining dunyo bozorlariga 
chiqishidan manfaatdor. Davlatning muvaffaqiyatli brendi yaratilishi nafaqat 
ichki va tashqi siyosiy imijni yaxshilashga, balki uning xalqaro maydondagi 
siyosiy ta’sirini kuchaytirish, eksport hajmini oshirish, xalqaro aloqalar va 
sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, milliy g‘urur va milliy o‘zlikni 


49
anglash tuyg‘ularini rag‘batlantirish, mamlakat raqobatdoshligini oshirishga 
xizmat qiladi. 
Binobarin, yurtimiz dunyo tamaddunining beshiklaridan biri sifatida 
asrlar davomida Mag‘rib va Mashriq o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tab, 
insoniyatning madaniy hamda ilmiy boyliklarini o‘zida jam qilgan. Jonajon 
Vatanimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan
Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek singari buyuk 
alloma hamda mutafakkirlarni yetishtirib bergan. Ekspertlar e’tirof etishicha, 
o‘zbekistonliklar azal-azaldan nafaqat uddaburon tijoratchi, iqtisodiyotni 
boshqarishga qodir, pul topishning hadisini olgan kishilar bo‘lishgan, shu bilan 
birga, ilm-fan dovrug‘ini yoyishga ham katta hissa qo‘shgan. 
Bugungi kunda mamlakatimizning eksport jug‘rofiyasi izchil kengayib 
borayapti. Dunyoning Yaponiya, Koreya Respublikasi, Kuvayt, Ummon 
singari qator davlatlarida savdo uylarini ochish bo‘yicha faol ish olib 
borilayapti. Afg‘onistonga “tahdidlar manbai” sifatida emas, balki strategik 
imkoniyatlar makoni sifatida qaralib, savdo aloqalari jadallashayotir. 
Mamlakat xalqaro imidji, ko‘p jihatdan, o‘z yetakchisining barcha 
islohotlarda asosiy tashabbuskor sifatidagi roli bilan belgilanadi. Bugungi 
kunda Prezidentimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol 
foydalanishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi eng dolzarb muammolar 
bo‘yicha muloqotga ochiqligi bilan mamlakat milliy brendini shakllantirishda 
o‘rnak bo‘lmoqda. 
Ushbu yo‘nalishda nufuzli xalqaro institutlarning baholari, reyting va 
indekslari muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jahon bankining “Biznes yuritish 
- 2017” deb nomlangan ma’ruzasiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning 190 ta 
mamlakati orasida 87-o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, Jahon banki o‘tgan 
yili mamlakatimizni tadbirkorlik sohasida muhim islohotlar o‘tkazgan 
mamlakatlar o‘ntaligiga kiritdi. “Focus Economics” tadqiqotlari natijalariga 
muvofiq, O‘zbekiston 2016-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishi sur’atlari bo‘yicha 
dunyoning 127 mamlakati orasida 7-o‘rinni egalladi. AQShning Gull-up 


50
instituti tadqiqotida o‘zbekistonliklar sayyoramizda eng baxtiyor va ijobiy 
kayfiyatdagi xalqlar uchligidan joy oldi.
Umuman, 
kuchli 
milliy 
brendni 
shakllantirish 
alaloqibat 
mamlakatimizning xalqaro reytingi, siyosiy ta’siri, investorlar ishonchi 
ortishiga, mahalliy mahsulotlar eksporti o‘sishiga, turizmning rivojlanishiga, 
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mustahkamlanishiga, aholi hayot sifatining 
yaxshilanishiga xizmat qiladi. Bugun O‘zbekiston o‘z atrofida farovonlik 
kamarini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha jabhasiga zamonaviy 
yondashuv va usullarni keng tatbiq etish orqali o‘z bunyodkorlik salohiyatini 
jadal safarbar qilib borayapti. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin