Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Tayanch iboralar: 
Pragmatik va samarali muloqot, kreativ iqtisodiyot, 
inson psixologiyasi, milliy brend, ehtiyoj, motiv, motivatsiya. 
Bugungi kunda mamlakatimizdagi islohotlar, eng avvalo, dunyoda, shu 
jumladan, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasida yuz berayotgan turli 
o‘zgarishlarga mos holda amalga oshirilmoqda. Tanlab olgan yo‘limiz global 
inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlanish sur’atlari pasaygan bir sharoitda 
o‘zining barqarorligi va hayotiyligini ko‘rsatayotir. 
Ekspertlarning 
tasdiqlashicha, 
O‘zbekistonda 
kuzatilayotgan 
makroiqtisodiy barqarorlik tashqi salbiy ta’sirlarga samarali qarshi turish 
imkonini berayapti. 
Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilab berilgan vazifalar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. Ushbu 
dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tishi 
uchun yo‘l ochib berdi. Ekspertlar fikricha, Harakatlar strategiyasining qabul 
qilinishi O‘zbekiston uchun katta qadam bo‘lib, mamlakat bu borada izchil va 
ishonchli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi. 
Pragmatik va samarali muloqot 
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat va jamiyat 
munosabatlariga yangicha ruh bag‘ishladi. Soha rivoji davlat hamda jamiyat, 
davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakllari 
amaliyotga joriy etilishiga xizmat qilmoqda. 


45
Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual 
qabulxonasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
samaradorligi ko‘rsatkichi, joylardagi muammolarni chuqur tahlil etish hamda 
hal qilish mexanizmi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotir. 
Shunday qilib, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat 
oldidagi javobgarligi tamoyili amalda ro‘yobga chiqarilmoqda. Fuqarolarning 
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi kuchaygan. 
Bu esa davlat va xalq munosabatlaridagi o‘zaro ishonchning 
mustahkamlanishida, jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotida muhim omil 
bo‘lib xizmat qilayotir. Eng muhimi, ekspertlar aholi tafakkurida
dunyoqarashida ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganini qayd etishayapti. 
Ularning nazdida bu jamiyat oldidagi vazifalarni ro‘yobga chiqarishda hal 
qiluvchi omil hisoblanadi. 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin