qanday hollarda oila psixologi zarurligini taqozo qiladi? Oilaviy psixologiya - oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh- urug‘chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy tarmog‘i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning - mehribonlik, g‘amxo‘rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo‘ysunish, yetakchilik kabi o‘ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsimoti va o‘zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi hissiy-emotsional bog‘liqlikni, oilaviy ro‘zgor yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o‘rganadi. Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o‘zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila - ro‘zg‘or
38
yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru - muruvvati, sadoqati va vafodorligidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat,