34
to‘liq tushunishini - ularning o‘zini baxtli his qilishlarini ta’minlaydi.
Shuningdek, o‘zidagi mavjud tabiiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro‘yobga
chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash ham insonga o‘zini baxtli his qilish
imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari
ortgan sari uning
baxtga intilish darajasi ham ortib bormoqda.
Oilaning regulyativ
funksiyasi.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek
birlamchi ijtimoiy nazoratni,
oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Bunda kattalar
tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy
tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi. O‘tgan
zamonlarda oilaning
boshqarish funksiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab ham qo‘yilgan.
Unga ko‘ra oilada kim oila bo‘lishligi, uning obro‘si va ustunligi qayd etilgan va
oilaning shu a’zosi (asosan ota) butun umri davomida o‘z farzandlari va oila
a’zolari xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo‘lgan.
Ota-onasiga
bo‘ysunmaganlarni jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksiyasi oila a’zolarining xulqi,
mas’uliyati, majburiyati kabilarni ham boshqarishni, nazorat qilishni o‘z ichiga
oladi. Odam oila qurganidan so‘ng albatta uning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi.
Endi u “uylanmagan yigit”, “turmushga chiqmagan qiz” emas, balki “oilali”
odamdir. Shunga ko‘ra u o‘zining xatti-harakatlari, xulqini ham oilali odamga
xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning mas’uliyati ortadi.
Erning va xotinning xulqi ham endi o‘ziga xos boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: