Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

 
 


27
 
Amaliyotchi psixologning etik kodeksidan namunalar. 
Etik kodeks 

deb, odamlarning ular muloqotga kirishadigan u yoki 
bu jihatlardagi o‘zaro munosabatlari va faoliyatida amalga oshadigan 
xulqining axloqiy qoidalari majmuiga aytiladi. Etik kodeks asosida 
o‘zida adolat, mehribonlik mezonlarini namoyon etadigan, axloqiy 
me’yorlar yotadi. 
 
Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi xodim o‘z 
faoliyatida quyidagi axloqiy - etik me’yorlarga amal qilishi shart: 
1. Odamni uning ixtiyoriy roziligisiz psixologik tadqiqotga jalb 
qilmaslik kerak (qonunda belgilangan alohida sud, sud-psixologik 
ekspertiza yoki meditsina amaliyoti holatlari bundan mustasno). 
2. Psixodiagnostik testlashtirish o‘tkazishdan oldin sinaluvchini
u tadqiqot jarayonida o‘zi anglamagan (sezmagan, bilmagan) holda 
o‘zi haqida, o‘z fikr o‘ylari, hissiyoti haqida ayrim ma’lumotlarni berib 
yuborishi mumkinligi haqida ogohlantirib qo‘yish lozim. 
3. Agar bu qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, har qanday odam 
(sinaluvchi) testlashtirish natijalarini va undan olingan ma’lumotlarni 
va ulardan kim, qayerda va nima maqsadda foydalanishi mumkinligini 
bilishga haqli. 
4. Psixologik testlashtirish natijalari testni o‘tkazgan odam 
tomonidan sinaluvchiga to‘g‘ri tushuniladigan shaklda berilishi kerak. 
5. Voyaga yetmagan sinaluvchilarni testlashtirishda ularning 
ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, bolaning 
testlashtirish natijalarini bilishga haqli. 
6. Agar testlashtirish odamning psixik rivojlanganlik darajasini 
aniqlash, konkurs asosida tanlab olish yoki ishga qabul qilish 
maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunda ham sinaluvchi nafaqat 
testlashtirish maqsadi, balki u haqda test natijalariga ko‘ra qanday 
asosda xulosa qilinishini bilishga haqli. 
7. Psixodiagnostik testlardan amalda foydalanish uchun asosiy 
javobgarlik ularni qo‘llayotgan shaxslarga va tashkilotlarga yuklatiladi. 
 


28
Quyida psixologik amaliyotning turli vaziyatlarida amaliyotchi psixolog 
xatti-harakati axloqiy jihatlarini muvofiqlashtiruvchi 

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin