Mahalla va oila



Yüklə 4,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/161
tarix15.09.2023
ölçüsü4,65 Mb.
#143682
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   161
2-OILA PSIXOLOGIYAS

Birinchidan
, psixologik xizmat ijtimoiy yo‘nalishni: sog‘liqni saqlash, 
ishlab chiqarish, oila mustahkamligi va boshqalarni psixologik jihatlardan 
ta’minlab beradi. Bu jarayonni boshqacha so‘z bilan aytganda amaliy 
psixologiya deb yuritamiz. 
Ikkinchidan
, psixologik xizmat maxsus tashkilotlar tizimini ham 
belgilaydi. Shu xizmatga muxtoj bo‘lganlarga xizmat ko‘rsatadi. Psixologik 
xizmatni asosiy maqsadi odamlarga xizmat ko‘rsatish, odamlarni bunga 
bo‘lgan ehtiyojini qondirish hisoblanadi. Shunday qilib aytish mumkinki 
odamlarga maqsadga ko‘ra xizmat ko‘rsatishni “Psixologik xizmat ”deb 
ataladi. Demak psixologik xizmat – bu psixologik yordamni keng ko‘rinishidir. 
Psixologik xizmat orqali shaxslarga psixologik yordam beriladi. Psixologik 
xizmat haqida ko‘plab ta’riflar berilgan. Deylik I. V. Dubrovina o‘z fikrini bildirib 
shunday yozadi “Psixologik xizmat - integral xodisadir, u to‘rtta yo‘nalishni
o‘zida aks etdiradi, ya’ni ilmiy, tajriba, amaliy va tashkiliy”.
Psixodiagnostika va psixodiagnost shaxsiga qator ijtimoiy etik talablar 
qo‘yiladiki ularga amal qilish shart.
 
Psixodiagnostik tamoyillar 


25
 
Psixodiagnostika natijalarini sir saqlash tamoyili
- bu 
o‘rganilayotgan odam shaxsan ruxsat bermaguncha uning natijalarini oshkor 
qilmaslikni taqozo etadi. Psixodiagnostika ilmiy maqsadlarda, eksperimental 
tadqiqotning bir qismi sifatida o‘tkazilayotgan holatlar bundan mustasno. 
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganligi tamoyili

ularni eng kamida 
validlik
va 
ishonchlilik
talablariga javob berishini taqozo 
etadi, ya’ni ular ishonish mumkin bo‘lgan natijalarni berishi kerak. 
Ziyon yetkazmaslik tamoyili
- psixodiagnostika natijalarini har qanday 
holatlarda tadqiq etilgan odamga ziyon yetkazmasligi kerakligini nazarda 
tutadi. Agar psixodiagnostika tanlov asosida tanlab olish maqsadida yoki 
odamni ishga qabul qilishda o‘tkazilayotgan bo‘lsa, unda mazkur tamoyil 
psixodiagnostika natijalari sinaluvchi uchun oshkora bo‘lishi tamoyili bilan 
birgalikda qo‘llaniladi.

Yüklə 4,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin