29
10. Psixolog psixodiagnostik va psixokorreksion metodikalarni tanlab
olishda, shuningdek, o‘zining xulosa va tavsiyalarini berishda ehtiyotkor,
xushyor bo‘lishi kerak.
11. Psixolog sinaluvchining shaxsiy rivojlanishini, uning insoniy erkini,
jismoniy va psixologik daxlsizligini cheklaydigan
ishlarda ishtirok etmasligi
kerak. Psixologning kasbiy etikasining eng og‘ir buzilishi, uni sinaluvchiga
ziyon yetkazuvchi ishlarda bevosita yoki shaxsan ishtirokida namoyon bo‘ladi.
Bunday holatga bir bor yo‘l qo‘ygan shaxs psixodiagnostik ishlar bilan
shug‘ullanish, professional psixologlik mutaxassisligini ta’kidlaydigan
hujjatlardan foydalanish huquqidan butunlay (bir umrga) mahrum etiladi,
qonun bilan belgilanadigan holatlarda esa sudga beriladi.
12. Psixolog sinaluvchining haq-huquqlari boshqa odamlar tomonidan
paymol qilingan, sinaluvchilar bilan nogumon muloqotda bo‘lingan
holatlarni
sezgan vaqtda bu haqda o‘zining bevosita rahbariga xabar berishi shart.
13. Psixolog sinaluvchi huquqlarining buzilishiga olib keladigan har
qanday siyosiy, g‘oyaviy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ta’sirlarga qarshilik
ko‘rsatishi kerak.
14. Psixolog, faqat o‘zi zarur ma’lumot va malakaga ega bo‘lgan sohalar
bo‘yichagina xizmat ko‘rsatish huquqiga ega.
15. Yetarlicha aprobatsiyadan o‘tmagan yoki barcha ilmiy standartlarga
to‘la javob bera olmaydigan psixodiagnostik (psixokorreksion) usullardan
noilojlik tufayli foydalanishga to‘g‘ri kelib qolgudek bo‘linsa, unda psixolog bu
haqda manfaatdor shaxslarni ogohlantirib qo‘yishi va o‘zining xulosa va
tavsiyalarida ehtiyotkor bo‘lishi kerak.
16. Psixologning psixodiagnostik, psixokorreksion
yoki psixoterapevtik
materiallarni ulardan foydalanish uchun tegishli tayyorgarlikdan o‘tmagan,
nomutaxassis shaxslarga berishga haqqi yo‘q.
17. Psixolog psixodiagnostika va psixologik ta’sir etish metodikalaridan
maxsus professional tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan
foydalanilishiga to‘sqinlik qilish kerak, bu haqda bundan bexabar holda unday
shaxslar xizmatidan foydalanayotgan kishilarni ogohlantirib qo‘yishi shart.
30
18. Sinaluvchilarni individual psixologik tekshirish natijasida olingan
ma’lumotlarni, psixolog faqat ularni o‘zlarining roziligi bilangina uchinchi
odamlarga aytishi yoki berishi mumkin. Bunda sinaluvchi u haqda kimga va
qanday ma’lumotlar berilayotganligini bilishga haqli.
19. Tegishli muassasalar ma’muriyatiga sinaluvchi haqida, faqat bu
odamlar ulardan sinaluvchiga ziyon yetkazish maqsadida foydalana
olmaydigan ma’lumotlar beriladi, xolos.
20. Psixolog ommaviy axborot vositalari
va boshqa psixologik yordam
ko‘rsatish vositalaridan foydalanishda, bunday ma’lumotlarni olish yoki
tarqatishda, odamlarni psixologik xarakterdagi yordam uchun bunga haqqi
yo‘q yoki yaroqsiz, nomutaxassis shaxslarga murojaat qilishlari kabilar salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirishi, bunday yordamni
qayerdan va kimdan olish mumkinligini aytib o‘tishi lozim.
21. Psixolog o‘zini, uning roli va funksiyasi sinaluvchilarga ziyon
yetkazishi mumkin bo‘lgan turlicha (ikki) ma’noda tushunilishi mumkin bo‘lgan
ishlar yoki faoliyat bilan shug‘ullanmasligi kerak.
22. Psixolog mijozlarga o‘zi bajara olmaydigan va’dalarni
bermasligi
kerak.
23. Agar sinaluvchini tadqiq qilish yoki unga psixologik aralashish
boshqa shaxsning: tegishli idoralar vakillari, shifokor, sudya va h.k. talabiga
ko‘ra bo‘layotgan bo‘lsa, psixolog bu haqda sinaluvchini xabardor qilib
qo‘yishi kerak.
24. Psixolog o‘zi o‘rgangan sinaluvchilar haqidagi ma’lumotlarning sir
saqlanishi uchun shaxsan javobgar.
25. Biron-bir idoraga (muassasaga) ishga qabul qilinishda psixolog
o‘zining professional vakolati (kompetensiyasi) doirasida mustaqil faoliyat
qilishligini aytib o‘tishi, shuningdek, o‘zi ishlaydigan (ishlashi lozim bo‘lgan)
idora ma’muriyatini va boshqa manfaatdor shaxslarni mazkur etik kodeks
mazmuni haqida ogohlantirib qo‘yishi lozim. Shu
bilan birga psixolog ularni,
uning ishiga faqat psixologik xizmatning tegishli vakolatga ega bo‘lgan yuqori
tashkilotlargina professional aralashishi mumkin ekanligi haqida ogohlantirib
31
qo‘yishi kerak. Shuningdek, u boshqa shaxslar tomonidan bildirilgan noetik
talablarni bajara olmasligi haqida ham ta’kidlab o‘tishi joiz.
26. Professional amaliyotchi psixolog tomonidan etik kodeks nizomlarini
buzish amaliyotchi psixologlar assotsiatsiyasi “psixolog obro‘si” (sudom
chesti)da muhokama qilinishi, zarur bo‘lib qolgan sharoitlarda psixologik
xizmat tarkibiga kiruvchi yanada yuqoriroq professional tashkilotlarda
muhokama qilinishi kerak.
Har bir oila ijtimoiy tizim sifatida jamiyat oldida ma’lum bir funksiyalarni
bajaradi. Oilaning ijtimoiy
funksiyalari haqida gapirganda, bir tomondan
jamiyatning oilaga ta’sirini, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimda
oilaning o‘rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) funksiyalarini
hisobga olish lozim.
Dostları ilə paylaş: